6. Lipidlarning xazm bo`lish mexanizmi
Download 28.74 Kb.
|
5.6.7.
Vitamin K. Vitamin K yon zanjirlari bilan farqlanuvchi 2-metil- 1,4-naftoxinon hosilalari guruhini birlashtiradi. Ularning hammasi suvda erimaydi va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. O’avo kislorodi bilan oson oksidlanadilar. Vilamin K asosan yashil o’simliklar, ayniqsa, karamda juda ko’p. Hayvonlardan olingan mahsulotlarda esa vitamin K miqdori kam bo’ladi. Masalan cho’chqa jigarida 0.4-0,8 mkg/g.
Vitamin K odamda normal ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi. Ovqatdagi vitamin K ko’proq ichakning proksimal qismidan o’t kislotalari va ‘ankreatik lipaza ishtirokida shriladi. Qonda vitamin albumin bilan birikadi, a'zo va to’qimalarga borib, u yerda faol shakllariga aylanadi. Vitamin K membrana foslolipidlari, glkoproteidlar, Lipoproteidiar va nerv hujayrasining muhim fosfolipidi-sfingozin sintezida qatnashadi. Vitamin K erkin radikal reaksiyalarning va peroksidlarni membranalarga yopishishining to’xtashiga ijobiy ta'sir qiladi. To’qimalarga nur ta'sir etganda vitamin K membranalarni me'yorda saqlashga yordam beradi va xuddi vitamin e kabi membranalarning gormon retseptorlari sezgirligini oshiradi. Vitamin K ning asosiy biologik ahamiyati shundan iboratki, u jigarda qon ivishuni ta'minlovchi oqsillar sintezida qatnashadi. SHu jarayonda vitamin K oqsil molekulalarida glutamin kislotasi qoldiqlarining g-karboksillanish reaksiyalarida, jumladan ‘reprotrombindan protrombin hosil bo’lishida koferment sifatida qatnashadi. Vitamin K yetishmasligi qon ivishini sekinlashtiradi, natijada qon ketish va gemorragik belgilar rivojlanishiga imkoniyat tug'iladi. Glutamin kislotasining g-karboksillanishi faqatgina vitamin K miqdoriga emas, balki membranalardagi fosfolipidlar miqdoriga ham bog'liq. K-avitaminoz o’ollarda hujayra membranalari tarkibiy qismlarini sitatiy o’zgarishlari bilan birga membranadagi xolesterin miqdori kamayishi ham aniqlangan. Vitamin K anaerob sharoitda vitamin S, V2 ishtirokida fosforillanish jarayonlarini stimullaydi, makroergik birikmalar ATF, kreatinfosfat almashinuvida qatnashadi. Vitamin qator oqsillar sintezi uchun va qator fermentlar (geksokinaza, fosfotransferaza) faoliyati uchun zarurdir. Vitamin K membrana lipidlari tarkibiga kirgan xolda, membrana fosfolipidlarining yog' kisiota tarkibiga boshqaruvchi ta'sir ko’rsatadi. Vitamin K ning ko’proq mitoxondriya ichki membranasi bilan, kamroq tashqi membranasining bog'lanishi ko’rsatilgan. Bu vitamin K mikrosoma va lizosomalarning lipidlari bilan oz miqdorda birikkanligi, uni membranalarning minor komponentlari qatoriga kiritishga asos bo’ldi. Vitamin K ning immunogenezga ta'siri deyarli o’rganilmagan. Ammo qon zardobidagi komplement miqdori bilan vitamin K me'yorining to’g'ri bog'lanishi aniqlangan. Hayvonlar ozuqasidagi vitamin K ning yo’qligi umumiy komplementar faollikni pasayishiga olib kelgan. Vitamin Kning sun'iy analogi - vikasol Ukraina olimi V.I.’alladin tomonidan sintezlangan. Download 28.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling