Makroergik birikmalar


Download 122.98 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi122.98 Kb.
#1497932
Bog'liq
O`simliklarning ikkilamchi mеtabolizmi-fayllar.org (1)


Makroergik birikmalar (mokro... va yun. ergon — faoliyat, ish), bu birikmalar ozida ko'p miqdorda energiya to'plovchi yuqori molekulali birikmalar hisoblanadi, yuqori energiyali, yuqori energetik birikmalar — energiyaga boy yoki makroergik bogʻlari boʻlgan tabiiy birikmalar; barcha tirik hujayralarda boʻladi va energi-yaning toʻplanishi hamda oʻzgarishi jarayonlarida qatnashadi. Makroergik birikmalarga, asosan, adenozintrifosfat kislota (ATF) va fosfat guruxdarining koʻchishiga sabab boʻluvchi fermentativ reaksiyalarda ATF hosil kila oladigan moddalar kiradi. Makroergik birikmalar tarkibiga fosforil guruhlari kiradi. Nukleozidtri- (yoki di-) fosfat kislotalar, pirofosfat va polifosfat kislotalar, kreatin-fosfat, fosfopirouzum kislota, difosfoglitserin kislota, atsetil va suksinilkoferment A, adenil va ri-bonuklein kislotalarning aminoatsil hosilalari ham Makroergik birikmalar dir. Makroergik birikmalar oʻzaro fosforil guruhlarni koʻchiradigan fermentativ reaksiyalar bilan bogʻlangan (yana qarang Adenozinfosfat kislota, Bioenergetika)

 ADENOZINTRIFOSFAT Adenozintrifosfat kislota, ATF — adenin, riboza va uch molekula fosfat kislotadan tarkib topgan organik modda. Organizmda katta ahamiyatga ega boʻlgan energiya va moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Adenozintrifosfat kislota barcha biokimyoviy jarayonlarda va tirik organizmlarda fermentlarni hosil qilish uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi. Adenozintrifosfat kislota organizm xujayralarida doimo sintezlanib va isteʼmol qilinib turadi. Adenozintrifosfat kislota oʻzining pirofosfat bogʻlarida koʻp energiya saqlaydi (ma-kroergik bogʻlar). U xujayra mitoxondriya moddalarning aerob va anaerob oksidlanishi natijasida ajralib chiqqan energiyani fosforlash yoʻli bilan makroergik fosfat bogʻlari shaklida toʻplaydi va organizmning energiyaga ehtiyoji boʻlgan hamma jarayonlarini energiya bilan taʼminlaydi. ATF organizmda murakkab moddalar sintez reaksiyalarida qatnashadi:biologik membranalar orqali molekulalarda moddalarning faol oʻtkazilishini amalga oshirish, shu jumladan transmembranalarda elektr potensialini yaratish va mushaklarning qisqarilishini amalga oshirish. Energiya bilan bir qatorda ATF inson tanasidagi boshqa bir qator muhim vazifalarni bajaradi:boshqa nukleosid trifosfatlar bilan birgalikda ATF nuklein kislotalarni sintez qilishda asosiy boshlangʻich mahsulotdir. ATF juda koʻp biokimyoviy jarayonlarni tartibga solishda muhim oʻrin tutadi. Bir qator fermentlarning allosterik effektori sifatida ATF ularning tartibga solish markazlariga qoʻshilib, ularning faolligini oshiradi yoki butunlay toʻsqinlik qiladi. Adenozintrifosfat kislota parchalanishi natijasida 8- 11 kkal/mol energiya ajralib chiqadi. U muskullardan, achitqidan olinadi, sintetik usulda ham tayyorlanadi.
ATF — 1929-yilda bir guruh olimlar: Karl Loman, Sayrus Fiski va Yelloprogado Subbarao tomonidan kashf qilingan va 1941-yilda Fritz Lipman ATF hujayralardagi asosiy energiya tashovchisi ekanligini aniqlagan.
Formulasi:C10H16N5O13P3
Molyar massasi:507,18g/mol
Zichligi:1,04g/sm3
Erish temperaturasi:187C

Download 122.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling