6-ma’ruza. Atk dagi zararli moddalar
Download 240.26 Kb. Pdf ko'rish
|
6- ATK dagi zararli moddalar-1
6-ma’ruza. ATK dagi zararli moddalar ATK da radiator va benzobaklarni kavsharlashda, akkumulyator plastinalarini tayyorlash va tamirlashda qo„rg„oshin ishlatiladi. Qo„rg„oshindan zaharlanish surunkali shaklda bo„ladi. Akkumulyator sexlarda yoshi 18 ga etmagan o„smirlar va ayollar ishlashi taqiqlangan. Uning CHREM –0,01 mg/ m 3 , xavflilik sinfi – 1. Tetraetilqo„rg„oshin (TEQ) – kuchli va xavfli zahar, toza holida ishlatilmaydi etil suyuqligi – antidetonator tarkibiga kiradi; nafas yo„li va teri orqali organizmga singadi; CHREM- 0,005mg/ m 3 ,xavflilik sinfi– 1. Etillangan benzin ham TEQ singari zaharlaydi, qonga o„tib , sog„liqni umumiy yomonlashtiradi, markaziy asab tizimiga ta‟sir etadi. O„tkir zaharlanish belgilari bir necha soat yoki sutkadan so„ng bilinadi . Tez-tez zaharlanish surunkali tus olib ketishi mumkin. Zaharlanish og„ir va o„tkir darajada bo„lganida odam xushidan ketadi, nafas olish reflektorlari to„xtaydi, tomirlari tortishadi, oyoq-qo„llar titraydi, balg„amli yo„tal paydo bo„ladi. Surunkali zaharlanish nevrosteniya, vegetonevroz bilan birga kechadi; CHREM- 100 mg/ m 3 , xavflilik sinfi– 4. Uglerod oksidi- SO rangi, mazasi va hidi yo„q gaz ; odam organizmiga singib , karboksigemoglobin hosil qiladi; bu hosilaning kislorod tashish xususiyati yo„q bo„lgani sababli kislorod etishmovchiligi ro„y beradi; havo tarkibidagi miqdori 2,5 mg/l dan ortiq bo„lsa yoki 1,8 mg/l bo„lsayu, odam bu muhitda bir soat davomida nafas olsa, o„tkir zaharlanib qoladi; CHREM- 20 mg/ m 3 , xavflilik sinfi– 4; oqibatlari: markaziy asab tizimi ishining buzilishi, xotira yo„qolishi, diqqat qilolmaslik, funksional nevrozlar, falajlik, ko„z pardasiga qon quyilishi. SO miqdori 0,65 mg/l bo„lgan bino ichida uzoq vaqt ishlaganda xushdan ketish mumkin. Havoda SO ning miqdori katta bo„lishi hayot uchun xavfli. Havoda SOning miqdori kam bo„lsa ham tez-tez va uzoq vaqt nafas olinsa surunkali zaharlanish sodir bo„ladi. Buning belgilari: bosh og„rig„i, bosh aylanishi, uyqusizlik bo„shashish, xotira buzilishi, befarqlik (anatiya) , uyqu bosish. SO bilan zaharlanishga qarshi kurash choralari : karbyuratorli dvigatellar siyraklangan aralashma bilan ishlashini ta‟minlash; karbyuratorli va dizelli dvigatellarni qurama neytrallagichlar bilan jihozlash; karbyuratorli dvigatellarni bosim pasayishini rostlagichlar bilan jihozlash; dvigatellarning texnik holatini ishonchli nazorat qilib chiqindi gazlardagi zaharli moddalar miqdorini eng kam miqdorga tushirish. Akrolein (akroilli addegid – SN 2 SNSNO) ATK sining ishlab chiqarish binolari ichida dizel dvigatellarning chiqindi gazlari bilan birga kiradi; rangsiz, kuygan yog„ hidiga o„xshaydi, kuchli qo„zg„atuvchi. Uning hidi taxminan 0,004 mg/l miqdordan boshlab bilinadi. YUqori nafas yo„llarini qattiq qo„zg„aydi, ko„zni nimpardalarini keskin yallig„latadi, bosh og„rig„iga, boshga qon ko„p quyilishiga sabab bo„ladi. Odam organizmi, akrolein miqdori 0,007 mg/l bo„lganda bir minutdan ortiq chidab turolmaydi, uning CHREM- 0,2 mg/ m 3 , xavflilik sinfi– 2. Akrolein ajralib chiqishiga qarshi kurash choralari: avtomobillarga texnik xitzmat ko„rsatish zonalarida ularni konveyer yoki elektrokaralar yordamida joydan - joyga ko„chirish; mahalliy , havo so„ruvchi shamollatishni qo„llash. Azot oksidlari chiqindi gazlarda oz miqdorda bo„ladi: NO – oksidi, NO 2 – ikki oksidi, odam organizmiga yuqori nafas yo„llari bilan kiradi; zaharlanish belgilari 6 soatdan keyin yo„tal, nafas (havo) etishmasligi, bo„g„ilish bilan, ba‟zan o„pkaning oqishi bilan boshlanadi. Qondagi nitratlar va boshqa nitritlar oksigemoglobinni metagemoglobinga aylantiradi. Bosh og„rig„i bilan birga kechadigan surunkali zaharlanish ham ehtimol, CHREM- 5 mgm 3 , xavflilik sinfi– 2. ATK binolari ichida kuchli mahalliy va umum almashinuv shamollatishi bo„lishi kerak. Benzol (S 6 N 6 ) benzinga, hajmi bo„yicha ko„pi bilan 25% qo„shilib, avtomobil yonilg„isi sifatida ishlatiladi; o„tkir va surunkali zaharlashi mumkin; surunkali zaharlaganda qon tomir devorlarida o„zgarishlar bo„ladi, ilikning qon hosil qilish faoliyati buziladi; boshlanishida bemorlar bosh og„rig„i va aylanishidan, charchoq, uyqu bosishi, asabiylashish, quvvatsizlikdan shikoyat qiladilar, ba‟zan qo„l terilarida dermatit yoki ekzemalar paydo bo„ladi. Kuchli zaharlanishda bosh aylanadi, quloqlar shang„illaydi, mushaklardan quvvat ketadi, mast holat seziladi. Benzolni zich berkitiladigan metall idishda shamollatiladigan omborda yoki usti berk ochiq ayvonlarda saqlash kerak. Benzin-benzol aralashmasini faqat mexanizatsiya yordamida tayyorlash ruxsat etiladi; tashqi havo harorati + 40 º S dan ortiq bo„lganda faqat ochiq havoda tayyorlash kerak. Benzolni og„iz bilan so„rib tortish qat‟iyan man qilinadi. Uni sifonlash uchun ishchilar rezina ichakli sifon-nasos bilan ta‟minlanishi kerak. CHREM- 5 mg/ m 3 , xavflilik sinfi– 2. Xrom kislotasi (N 2 Sr 3 O 4 ) elektrolitik xromlashda ishlatiladi; ko„p miqdordagi bug„lari burun va tomoqning shilliq pardalarini shikastlaydi, burun ichida yallig„langan to„siqlar paydo bo„ladi. Tomoq shilliq pardalari kasallanganda kuchli yo„tal keladi. Xrom kislotasi qo„l va yuz terilariga zarar etkazadi – yo„qolishi qiyin ekzema toshadi, ko„rish yomonlashadi. Xrom angidrid aralashtirishda , oltingugurtli kislota quyayotganda himoyalanuvchi ko„z oynak taqish zarur. Xrom angidriddan kasallanmaslik uchun uni bino ichidan mahalliy shamollatish yordamida tashqariga chiqarib tashlash kerak; uning CHREM 1 mg/ m 3 , xavflilik sinfi– 2. Xromli eritma ko„zga sachraganda tezlik bilan natriy giposulfidning 1% li eritmasi bilan yuvish kerak. Ishchilar rezina qo„lqop va respirator bilan ta‟minlanishi kerak. Ishchilar ishga tushishdan oldin burun ichining shilliq qavatlariga vazelin, qo„llariga parafin, lanolin va ozgina finon aralashmasidan tayyorlangan malham surkab olishlari lozim. Ish tugagach, sulfit natriyning 5%li eritmasi bilan yuvib tashlash kerak .Har oyda tibbiy ko„rikdan o„tish zarur. Kislotalardan eng kuchli ta‟sir etadigani sulfat kislota(H 2 SO 4 ) , kamrog„i –azot kislota (HNO 3 ) va vodorod xlorid kislota (HCℓ ). Kislotalar tekkan joyini kuydirib , terini dermatit hosil qiladi. Buning oldini olish uchun ishdan oldin teriga yog„liq malxam surtiladi, kislota tekkan joylarga paxta yo latta bosib shimdiriladi, so„ngra suv bilan yuvib tashlanadi. Kislotalar bilan ishlaganda rezina yo xlorvinil qo„lqop, movutdan kostyum kiyiladi. Sulfat kislotaning CHREM - 1 mg/ m 3 , xavflilik sinfi– 2; vodorod xlorid (tuz kislotasi) ning CHREM - 5 mg/ m 3 , xavflilik sinfi– 2. O„yuvchi ishqorlar: natriyli (NaON) va kaliliy (KON) avtomobil detallaridan moyni ketkazib, yuvish uchun ishlatiladi. Ular kuydiruvchi ta‟sir o„tkazadi. Uzoq vaqt ishlaganda va xavfsizlik texnikasi buzilganda dermatit, terini qurishi va yorilishi kuzatiladi. Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Kalsiylangan soda (Na 2 SO 3 ) ham o„yuvchi ishqorlarga o„xshab ta‟sir etadi, faqat, kuchsizroq. Ishdan oldin qo„llarga yog„liq malham surtib ish tugagach, iliq suv bilan sovunlab yuvib tashlanadi. Ishqorlarning CHREM- 0,5 mg/m 3 , xavflilik sinfi– 2. Atseton (SN 3 SOSN 3 ) – efir hidli rangsiz suyuqlik, narkotik xususiyatga ega, terini qichishtiradi; zaharlanganda boshni og„ritadi; bosh aylanishi, quvvatsizlik, engil mastga o„xshash holat bo„ladi. Atseton tasiridan saqlanish uchun shamollatish qurish kerak, buning imkoni bo„lmasa, shaxsiy himoya vositalarini qo„llab nafas yo„llarini va ko„zni saqlash kerak.. Bo„yash sexining ishlari maxsus kiyimlar, xalat. Kostyum yoki kombinezon, matodan tikib, polivinilxlorid shimdirilgan pishiq va elastik qo„lqopdan foydalanish kerak; CHREM- 200 mg/m 3 ,xavflilik sinfi– 4. Antifriz – sovuqqa bardoshli suyuqlik, etilenglikolning suvli eritmasi sifatida ishlatiladi. Etilenglikol (SN 2 ON – SN 2 ON) va uning suvli eritmasi juda zaharli, markaziy asab tizimi va buyrakka tasir etadi; ozginasi tasodifan ichga ketib qolsa, o„limga olib kelishi mumkin. Antifizrizdan faqat qatiy belgilangan maqsadlarda foydalanish kerak; saqlash va tashish uchun qopqog„i jips yopiladigan metall bidonlardan va tiqini burab mahkamlanadigan bochkalardan foydalaniladi. Saqlash va tashish idishlariga yirik harflar bilan “ZAHAR” deb yozib qo„yiladi va zaharli moddalar belgisi tushiriladi. Antifrizni rezina ichak orqali boshqa idishga quyish uchun, havoni so„rib tortish mumkin emas. Antifrizli idishlar quruq va isitilmaydigan bino ichida saqlanadi. Saqlash va tashishda idishdagi barcha teshik qopqoqlari (to„kish, quyish, havo) plombalanadi. Hatto antifriz solingan bo„sh idishlar ham plombalanadi. Antifriz bilan ishlagandan keyin qo„llarni sovunlab yuvish kerak. Antifriz bilan ishlaydigan xodimlar shu ishlar uchun yozilgan qoidalar bilan tanishgan bo„lishi shart. Surkov moylar normal sharoitlarda deyarli bug„lanmaydi, shuning uchun ularning odam organizmiga zararli tasiri terininng ochiq joylariga tegishli, moy tegaverib eskirgan kiyimni kiyib uzoq vaqt ishlash, moy tarkibidagi engil neft mahsulotlarining bug„ini va moyli tumanda uzoq vaqt nafas olish orqali sodir bo„ladi. Surkov moylari teriga muttasil tegaversa o„tkir va surunkali teri kasallikgi yuzaga kelishi mumkin. Moy tarkibida oltingugurtli birikmalar ko„p bo„lsa (oltingugurt va moy biriksa serovodorod – N 2 S hosil bo„lib, odam juda tez hushidan ketishi mumkin) o„tkir zaharlanish holatlari ko„p uchraydi. Terini himoyalash uchun ish oldidan, quruq lanolin va provans moyidan tengma – teng miqdorda aralashtirib tayyorlangan surkamani shimdirish kerak. Ish tugagach qo„lni sovunlab yuvib, qurigan qo„lga yana o„sha, lanolin aralashmasini ishqalab shimdirish lozim. Surkov moylari bilan muttasil ishlaydiganlar har yili tibbiy ko„rikdan o„tishlari kerak. Epoksid smola ATK larda sirtlarni tekislash, teshik va darzlarni surkab tashlash uchun ishlatiladi. U teriga tegsa teri kasalligi (ekzema, dermatit) keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa, ko„zga tegishi xavfli. Dibutilftalat (DTF) va polietilenpoliamin (PEPA) ning bug„lari zaharlanishga olib keladi. DTF ning CHREM- 0,5 mg/m 3 ,xavflilik sinfi– 2. Epoksid smolalar bilan ishlanadigan, hamma ishlarni havosi tashqariga so„rilib turadigan shkaf ichida, qo„lqop, englar va himoya ko„zoynaklardan foydalanib bajarish kerak. Smola jips yopiladigan idishda saqlanadi. Epoksid smola teriga tegsa, qog„oz salfetka bilan olib tashlash kerak, so„ng o„sha joyni issiq suv bilan sovunlab yuvish, quriguncha artib, vazelin, kanakunjut (kastor) moy yoki maxsus pasta surish kerak. Epoksid smola bilan doim ishlaydiganlar 2 – yilda 1 – marta, dermatovenerologdan esa – har yarim yilda 1 – marta tibbiy ko„rikdan o„tishi kerak. Download 240.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling