6-ma’ruza. Joizlik va o’tqazishlarning yagona printsipi Reja


Download 42.61 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#1045004
Bog'liq
Maruza6


6-ma’ruza. Joizlik va o’tqazishlarning yagona printsipi
Reja:

  1. Mashina detallari va boshqa buyumlarning namunali birikmalari uchun joizliklar va o’tqazishlar tizimini yagona printsiplari

  2. Teshik va val tizimi

  3. Joizlik birligi va kvalitet

1. Mashina detallarini tayyorlashda va qayta tiklashda uchraydigan xatoliklar va ularning kelib chiqish sabablari.
Mashinalarning sifati va birinchi navbatda ularning puxtaligi va uzoq muddat ishlashi ularni tayyorlash va ta’mirlash jarayonida qayta tiklashda ko’p jihatdan ishlov berish aniqligiga bog’liq bo’ladi. Mashinalarni loyixalashda konstruktor har bir Detal uchun ma’lum shakl va o’lchamlarni belgilaydi. Detallar yassi, tsilindrik, konussimon, sferik, evolventa kabi sirtlar bilan chegaralangan geometrik shakllarga ega bo’ladi va ular detalning kerakli ishlatish xususiyatlarini ta’minlaydi. O’lchamlar esa detalning katta-kichikligi va shaklini belgilagan holdavazifasiga ko’ra, uning yuza, o’q, chiziq va nuqtalarining bir-biriga nisbatan o’zaro joylashtiribmexanizmning to’g’ri ishlashini ta’minlovchi moslashtiruvchi o’lchamlarga, detalni tayyorlash va uning o’lchamlarini nazorat qilishga mo’ljallangan texnologik o’lchamlarga, detallarni loyixalash, tayyorlash va ularni ishlatish talablariga mos ravishda belgilanuvchi nominal, haqiqiy va chegaraviy o’lchamlarga ega bo’ladi.
Amalda konstruktor tomonidan belgilangan shakl va o’lchamga ega bo’lgan detalni tayyorlab bo’lmaydi. Yoki boshqacha qilib aytganda, tayyor detalning o’lchamlari har doim uning chizmasidagi o’lchamlaridan farq qiladi. Ushbu chetga chiqishlar aniqlikning o’lcham, shakl, joylashish va yuza g’adir-budurligi kabi ko’rsatkichlari bilan baholanadi.
Ma’lumki, detal tayyorlashda uning konstruktor tomonidan hisoblab topilgan o’lchamiga juda katta aniqlik bilan erishish mumkin emas. SHuning uchun ham detallarni tayyorlash yoki ta’mirlash sifati va mustaxkamligi uni qanchalik darajada aniq tayyorlanganligiga bog’liq bo’ladi. Bundan detal tayyorlashda hamma vaqt ma’lum xato bo’lishi kelib chiqadi. Amalda yuzaga keladigan xatolar berilgan o’lcham yoki shakldan chetga chiqish oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Natijada detal tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan bir necha xil yuzalar hosil bo’ladi. Bular: i) konstruktor tomonidan belgilangan nominal yuza; 2) detal tayyorlash natijasida olingan haqiqiy yuza; 3) ruxsat etilgan aniqlik bilan o’lchashda hosil bo’lgan o’lchash yuzasi.
Detallarni loyixalashda uning geometrik ko’rsatkichlari va shakli beriladi. SHu loyixaga asosan tayyorlangan detalning geometrik ko’rsatkichlari va shakli loyixadagidan ma’lum darajada farq qiladi. Ana shu farqni xatolik deb ataladi.
Detalning haqiqiy geometrik ko’rsatkichlarini uning nominal geometrik ko’rsatkichlariga yaqinlashishiga aniqlik deb ataladi.
Detallarning geometrik ko’rsatkichlari bo’yicha aniqligi quyidagilarga bo’linadi: i) o’lcham elementlarining aniqligi (yoki o’lcham aniqligi); 2) detal yuzasi shaklining aniqligi; 3) detal geometrik ko’rsatkichlari elementlarining o’zaro joylashish aniqligi; 3) detal yuzasining g’adir-budirligi
Detallarning aniqlik va xatolik tushunchalari bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar hisoblanadi.
Xatoliklarni yuzaga keltiruvchi sabablar juda ko’p bo’lib, ularni quyidagi kichik guruxlarga ajratib o’rganish qabul qilingan. Bularga dastgohning noaniqligi, moslamaning noaniqligi, kesuvchi asbobning noaniqligi, detal bilan bog’liq xatoliklar, dastgoh, moslama va kesuvchi asbobning deformatsiyasi, detalning deformatsiyasi, temperaturaning o’zgarishi bilan bog’liq deformatsiya, kesuvchi asbobning o’lchamga noto’g’ri sozlanishi, o’lchamni o’lchashdagi noaniqlik oqibatida yuzaga keluvchi xatoliklarni misol keltirish mumkin.
Ushbu xatoliklarning har biri bir turdagi bir detaldan ikkinchisiga o’tganda o’zgarib boradi. Xatoliklarni yuzaga keltiruvchi sabablarning har birini alohida o’rganish uchun tajribaviy taxlillash usulidan foydalaniladi. Ammo bu usul murakkab va uzoq vaqt talab etadi.
Xatoliklarning statistik o’rganish usuli sodda va oz mehnat talab qilishi bilan birga bir vaqtning o’zida barcha sabablarni birgalikda baholash imkonini beradi. SHuning uchun sanoat ishlab chiqarishida statistik usuldan keng foydalaniladi.
O’lcham aniqligi.
Detallarning o’lchamlarida yuzaga keluvchi xatoliklar paydo bo’lish sabablariga ko’ra muntazam va tasodifiy xatoliklarga bo’linadi.
Muntazam xatoliklarga kattaligi va yo’nalishi bo’yicha o’zgarmas yoki ma’lum qonuniyat bo’yicha o’zgaradigan xatoliklar kiradi.Muntazam xatoliklar bir turdagi detallarni tayyorlashda ularning barchasida bir xil bo’ladi. Bunday xatoliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanib bartaraf etiladi. Agar bartaraf etishning iloji bo’lmasa, ularni detal tayyorlashdan oldin hisobga olib o’lchamlarga kerakli tuzatishlar kiritib olinadi.
Tasodifiy xatoliklar qiymati va yo’nalishi bo’yicha har xil bo’ladi. Tasodifiy xatoliklarni har bir xususiy holda oldindan hisobga olib bo’lmaydi. CHunki ular biron-bir ma’lum qonuniyatga bo’ysunmaydi. Tasodifiy xatoliklarga olib keluvchi sabablarga SMAD tizimining elastik deformatsiyasi, detal materiali mexanik xossalarining va o’lcham qo’yimining butun yuza bo’ylab har xilligi kabilarni misol keltirish mumkin. Tasodifiy xatoliklarni ehtimollar nazariyasi qoidalari asosida baholash mumkin.
Detal tayyorlashda yoki ularni qayta tiklashda yuzaga keladigan muntazam va tasodifiy xatoliklar oqibatida ideal o’lcham hosil qilish mumkin emas. SHuning uchun detal o’lchamlariga ma’lum miqdordagi xatolikka yo’l qo’yishga ruhsat etiladi. Buning uchun detalning nominal o’lchamiga yaqin miqdorda eng katta va eng kichik chegaraviy o’lchamlar belgilanadi. Bundan esa, detal tayyorlashda chegaraviy o’lchamlar farqi dopuskni ifodalagani uchun ham, dopusk miqdori o’lcham aniqligini ko’rsatishi kelib chiqadi. Detal tayyorlashda va o’lchashda yuzaga keladigan xatoliklarni taxlil qilish uchun matematik statistika va ehtimollar nazariyasi qonuniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
SHakllarning va sirtlar joylashishining aniqligi.
Yig’ish va ishlatish jarayonining sifatli borishi mashinalarni tashkil etuvchi detallarining o’lcham aniqligigagina bog’liq bo’lmasdan, shakllarining va sirtlar joylashishining aniqligiga ham bog’liq bo’ladi. SHakldan chetga chiqish va sirtlarning o’zaro joylashishidagi xatoliklar yig’ish jarayonini qiyinlashtiradi, o’lcham aniqligini kamaytiradi. Mashinalarni ishlatishda esa uning ravonligi buzuladi, detallarning yeyilishi tezlashadi, shovqin hosil bo’ladi va x.o. SHuning uchun ham detallarning uzoq muddat ishlashini ta’minlash maqsadida ularning shakldan va sirtlarining o’zaro joylashishidan chetga chiqishlarini ham cheklash lozim bo’ladi.
SHakl aniqligi uning haqiqiy yuzasini nominal yuzadan chetga chiqishi bilan baholanadi. Ma’lumki, detalning shakli bir qator sirtlar bilan chegaralangan bo’ladi. SHakl aniqligini ifodalashda uch xil sirtdan foydalaniladi: haqiqiy, nominal va keltirilgan.
Dopusk birligi. O’lcham intervallari. Aniqlik klasslari (dopusklar qatori). Asosiy chetlanishlar qatori.
Yagona sistema asosida posadkalar, kvalitetlar va chegaraviy chetlanishlarni chizmalarda belgilanishi.
3. Sistemaning asosi- Otvertsiya va val sistemalari. Stardartda ikkita teng huquqli posadka sistemasi belgilangan. Otvertsiya va val sistemalari.
Otvertsiya sistemasida otvertsiya asosiy detal hisoblanib, turli xil birikmalar val o’lchamlarni o’zgartirish yo’li bilan olinadi. Otvertsiya sistemasida otvertsiyaning pastki chegaraviy chetlanishi nolga teng bo’ladi (EI=0).
Val sistemasida val asosiy detal xisoblanib, turli xil birikmalar otvertsiya o’lchamlarini o’zgartirish yo’li bilan olinadi. Val sistemasida valning yuqorigi chegaraviy chetlanishi nolga teng bo’ladi (es=0).
Birikmalar ishiga dopusk va posadkalarni qaysi sistemada olinishi ta’sir etmaydi. U yoki bu sistemani tanlash detallarni tayyorlash va ularni yig’ish jarayonining murakkabligi, hamda berilgan qismni tayyorlash tannarxi orqali aniqlanadi.
4. Dopusk birligi. Tajribalarning ko’rsatishi bo’yicha Detal diametrini ortishi bilan ishlov berish xatoligi ortib boradi (kontakt yuzasi katta bo’lganligi sababli diametri katta detallar uzoqroq ishlaydi).
O’tkazilgan tajribalar asosida xatolikni diametrga bog’liqlik egri chizig’ining qonuniyati aniqlangan.
V=c
bu yerda: x= 2,5…3,5
s= 0,45
SHunga asosan dopuskning diametrga bog’liqlik qonuniyati olingan:
i = 0,45 + 0,00i∙
bu yerda: = i-dopusk birligi.
Dopusk birligi Detal tayyorlash murakkabligini diametrga bog’liqligini ko’rsatib, uni dopusk masshtabi deyish mumkin.
5. Diametr intervali. Dopusk miqdorini diametrga bog’liqlik qonuniyatidan diametr ortishi bilan kichik va katta diametrlarning bir xil intervaliga har xil dopusklar to’g’ri keladi va aksincha. Qonuniyatga asosan i dan 500 mm gacha bo’lgan diametr i3 ta intervalga bo’linib ularda dopusk miqdorining doimiyligi ta’minlanadi.
Intervallarni ortib borishi geometrik progressiya asosida bo’lib maxraji i,5 ga teng.
i…3 , 3…6 , 6…i0 , i0…i8 , i8…30 , 30…50 , 50…80 , 80…i20 , i20…i80 , i80…250 , 250…3i5 , 3i5…400 , 400…500 .
Aniqlik klasslari (dopusklar qatori).
Aniqlik klasslari DPYaS ga ko’ra 19 ta aniqlik klassi mavjud bo’lib ukvalitet deb ataladi. Bu so’z frantsuzcha bo’lib «sifat» ma’nosini beradi.
Kvalitet bu dopusklar majmui bo’lib, u nominal o’lchamga qarab o’zgarib borib, aniqlik darajasi barcha nominal o’lchamlar uchun bir xil bo’ladi.
Kvalitet diametrdan qat’iy nazar o’lcham olish murakkabligini xarakterlaydi
T0i;IT0; ITi……ITi7 kabibelgilanadi.
Dopusk miqdori aniqlik koeffitsienti deb ataluvchi dopusk birligi soni-a har bir kvalitet uchun o’zgarmas soni orqali ifodalanadi.
IT= a∙i
a- soni bir kvalitetdan ikkinchisiga o’tishda geometrik progressiya maxraji i,6 ga teng miqdorda ortib boradi.
Kvalitetlar quyidagi qo’llanish soxasiga ega:
Tekis parallel yuzali o’lchovlar - IT0i, IT0, ITi
Kalibrlar va juda aniq detallarda - IT2…. IT5
Birikmalaruchun - IT6…. ITi2
Birikmaydigan detallar uchun - ITi3…ITi7
7. Asosiy chetlanishlar qatori.
Dopusk va posadkalarning yagona sistemasida dopusk maydonining nominal o’lchamni ko’rsatuvchi nol chizig’iga nisbatan yaqin turgan chegaraviy chetlanishi asosiy chetlanish deb qabul qilingan. Bunda otvertsiya va val uchun 28 tadan asosiy chetlanishlarni nominal o’lchamga nisbatan o’rni belgilangan bo’lib, ular bir yoki ikkitadan lotin xarflari orqali ifodalanadi (plakatdan tushuntiriladi). Demak dopusk maydonining nol chiziqqa nisbatan joylashish o’rni asosiy chetlanish orqali ifodalansa u holda: asosiy chetlanish yuqorigi chegaraviy chetlanish bo’lsa, pastki chegaraviy chetlanish quyidagicha topiladi:
Otvertsiyauchun – EI = ES- IT
Valuchun - ei = es- IT
Agarasosiychetlanishpastkichetlanishbo’lsa, yuqorigichegaraviychetlanishquyidagichatopiladi:
Otvertsiya uchun – ES = EI + IT
Valuchun - es = ei + IT
SHu bilan birga otvertsiya sistemasida asosiy otvertsiyaning pastki chegaraviy chetlanishi EI =0 bo’lganligi uchun asosiy otvarstiyaning chetlanishi N xarfi bilan belgilanuvchi chetlanishga mos tushadi va aksincha val sistemasida asosiy valning chetlanishi h xarfi bilan belgilanuvchi chetlanishga mos tushadi. Ya’ni:
asosiy otvertsiyaning chetlanishi

b) asosiy valning chetlanishi




i.Otvertsiya uchun






2.Val uchun



3.Otvertsiya va val birikmasi
Uchun



4. SHu birikmani belgilashning
boshqacha ko’rinishi



5. SHu birikmani belgilashning
yana bir ko’rinishi



A dan N gacha chetlanishlar qo’zg’aluvchi birikmalar olishga mo’ljallangan. J dan N gacha – o’zgaruvchi posadkalarga, P danZC gacha esa qo’zg’almas birikmalar olishga mo’ljallangan.Isva is dopusk maydonlari nol chiziqqa nisbatan simmetrik joylashgan.


Birikmalarda posadkalar sonini va turini kamaytirish maqsadida asosiy va yordamchi posadkalar turidan foydalanish tavsiya etiladi.

8. Dopusk va posadkalarning yagona sistemasi asosida posadkalar, kvalitetlar va chegaraviy chetlanishlarni chizmalarda belgilanishi.


Dopusk va posadkalarning yagona sistemasida posadkalar, kvalitetlar va chegaraviy chetlanishlarni chizmalarda quyidagicha belgilash qabul qilingan.

CHegaraviy chetlanishlarning son qiymatini chizmalarda ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik orqali ularni uch xil ko’rinishda ifodalash mumkin.




a) -





b) -





v) -



Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling