27 amaliy ish egri chiziqli yuzalarni shaberlash ishning maqsadi


Download 0.79 Mb.
bet1/3
Sana23.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1111938
  1   2   3
Bog'liq
27-amaliy egri chiziqli yuzalarni shaberlash


27 - amaliy ish
EGRI CHIZIQLI YuZALARNI SHABERLASH
Ishning maqsadi:
-yuzalarni shaberlashga tayyorlash va yassi hamda egri chiziqli yuzalarni shaberlash usullarini; shaberlashda xavfsiz ishlash qoidalarini; shaberlangan yuzalarni nazorat qilish va shaberlarni charxlash usullarini o’rganish;
-yuzalarni shaberlashga egovlab tayyorlash, taxta yuzasiga bo’yok, surkash; yassi va uch yoqli shaberlarni charxlash, qayrash, yassi hamda egri chiziqli yuzalarni dastlabki va uzil-kesil shaberlash kabi amallarni egallash lozim.
Taxmiiiy ish ob’ektlari: podshipnnklarniig ajraladigan va ajralmaydigan tsilindrik va konus ichqo’malari.
Jihoz va asboblar: uch qirrali har xil shaberlar, bukik shaberlar, charxlash stanogi.
Moslama va materiallar: podshipnik ichqo’ymalariga mos tekshirish vallari, parallel gira, abraziv qayroqlar, shaberlarni o’tkirlash uchun qayroqtoshlar, tamionlar, bo’yoq - lazurь (qorakuya).



Ajraladigan tsilindrik podshipniklar ichqo’ymalarini shaberlash

Yakka podshipnik ich qo’ymalarini shaberlash.


1.Pastki ichqo’yma tozalanib pod-ishpnik korpusi ichiga qo’yiladi. Nazorat vali bo’yinchasiga yupqa qi­lib bo’yoq surtiladi, val bo’yinchasi bilan ichqo’ymaning ish qismiga qo’yilib, qo’lda bir necha marta aylantiriladi. Ichqo’yma girada yon chekkalari bilan qisiladi va bo’yalgan joylari uch qirrali shaber bilan qiya chiziq qoldirib va «o’zidan» yarim doyra harakat qilib shaberlanadi. Ichqo’yma yuzasi hosil qilinadi, yuza sifati val bo’yicha tekshiriladi va ichqo’ymadagi dog’lar bir tekis joylashmagunicha qiyalikni ayqash chiziq qoldirib shaberlash davom ettiriladi. Val bo’yalgan bo’yinchasi bilan ostki ichqo’yma ustiga qo’yiladi, uning tepasiga esa yuqori ichqo’yma joylanadi, qistirmalar hamda podshipnik qopqog’i o’rniga qo’yilib, qopqoq bir tekis mahkamlanadi va val bir necha marta buriladi.

2.Bo’yalgan valni aylantirib, egri chiziq bo’yicha shaberlash.

a)

2.Podshipnikning pastki va yuqorigi ichqo’ymasi hamda tekshirish vali latta bilan yaxshilab artiladi. Tekshirish vali tampon yordamida yupqa va bir tekis bo’yaladi. Bo’yalgan val podshipnikning pastki ichqo’ymasiga joylanadi.
Tekshirish valiga yuqorigi ichqo’yma va podshipnik qopqog’i qo’yiladi. Dastlab bir burchakdagi, so’ngra ikkinchi burchakdagi gaykalar navbatma - navbat bir tekis qotirilib, podshipnik qopqog’i shunday tortilishi kerakki, valni ozgina kuch ishlatib burish mumkin bo’lsin (agar val tig’iz qisilgan bo’lsa, podshipnik ichqo’ymalari orasiga qistirma qo’yiladi, bo’sh qo’yilgan bo’lsa, qistirmalarni qiyshaytirish lozim) (a).

3.O’qdosh ikki podshipnik ichqo’ymalarini shaberlash.

b



v



3. O’qdosh podshipnik ichqo’ymalarini shaberlashga ozroq kuch ishlatib, ular sirtida chiqib turgan joylar bo’yash uchun val o’ngga va chapga 2- 3 aylanishga buriladi. Podshipnik qismlarga ajratiladi. Pastki ichqo’yma yon chekkasidan yumshoq jag’li (alyuminiy, misdan yasalgan) giraga bo’yalgan yuzasi yuqoriga qilib mahkamlanadi. (b). Bo’yalgan joylar uch tomonli shaber bilan qiyshiq chiziqlar solib va egri chiziqli harakatlar qilib shaberlanadi, kesuvchi qirra ichqo’yma yuzasida o’ngga va chapga yurgiziladi (v).


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling