27 amaliy ish egri chiziqli yuzalarni shaberlash ishning maqsadi
SHaberlarni charxlash va qirovini to’kish
Download 0.79 Mb.
|
27-amaliy egri chiziqli yuzalarni shaberlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHaberlashda xavfsizlik qoidalari
SHaberlashda xavfsizlik qoidalari Egov va shaberlarning dastalari tig’iz o’rnatilgan bo’lishi lozim. SHaberlarni abraziv charxtoshda charxlashda himoya ko’zoynagi yoki ekranchalardan foydalanish kerak. CHarxtoshda charxlanayotgan shaberni sovitib turish lozim. Talabalar duch keladigan qiyinchiliklar va yo’l qo’yadigai xatolar hamda ularning oldini olish Talabalar shaberlashda uchraydigan qiyinchiliklarningsabablari quyidagilardan iborat: tekshirish taxtalarining sifatli emasligi (ish boshlashdan oldin taxtalarni nazorat taxtasiga binoan tekshirish lozim); yakka tartibda ishlash uchun faqat bitta shaber bo’lganligi sababli shaberlash unumdorligining pastligi (har bir talabaga xomaki va tozalab shaberlash uchun ikkitadan shaber bo’lganligi ma’qul: birinchi holda shaberning ish qismi keng, kesuvchi qirrasining egriligi esa kam bo’lishi, ikkinchi holda shaber ensiz, uning egriligi esa katta bo’lishi kerak); qayroqtoshlar yo’qligi yoki ularning sifati pastligi oqibatida yaxshi qayralmagan shaberda ishlov beriladigan yuzada chiziqlchalar va tirnalishlar hosil bo’lishi (shu bois shaberlarni abraziv materiallardan foydalanib, ishqalagichlar bilan qayrash maqbuldir). Quyidagilar ham talabalarning xatolari jumlasiga kiradi: shaberlash faqat bir yo’nalishda harakatlantirish bilan bajariladi, buning oqibatida talab etilgan aniqlikka erishib bo’lmaydi va detalga bo’yoq, yuritilganda dog’lar cho’ziq bo’lib chiqadi; bunday kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik uchun dog’larni ko’ndalang yo’nalishda shaberlashga harakat qilish kerak; ishlov beriladigan yuzaga taxtada bo’yoq, yuqtirishda faqat taxtaning o’rta qismidan foydalanadilar, bu esa taxtaning yeyilishini tezlatadi. SHuning uchun ishlov beriladigan yuzaga bo’yoq, tortishda tekshirish taxtasining butun yuzasidan foydalanish zarur; shaberlashda e’tiborsizlikka yo’l qo’yadilar- buning oqibatida qirralar va burchaklardagi dog’lar shaberlanmasdan qoladi, bu hol detalga bo’yoq yuqtirilgandan keyin uning o’rta qismiga bo’yoq tegmasligiga olib keladi (talabalar bo’yoq yuqayotganini ko’rib, zagotovkaga qatgiq bosish bilan taxtaning yeyilishini tezlatadilar); taxtaga ortiqcha bo’yoq surkaladi, bu zagotovkada normal bo’yoq qatlamiga o’xshash katta yuzali dog’lar hosil bo’lishiga olib keladi. Bunday shaberlashda faqat chiziqlarnigina emas, balki chegaradosh botiqlarni shaberlash ham cho’zilib ketadi; talabalar, shuningdek, uzil-kesil (tozalab) shaberlashda xatoga yo’l qo’yadilar; bundan tashqari, tozalab shaberlashda bo’yoq qatlami iloji boricha kamrok, bo’lishiga erishishlari kerak. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling