27 amaliy ish egri chiziqli yuzalarni shaberlash ishning maqsadi


Podshipniklarning ajralmas ichqo’ymalarini shaberlash


Download 0.79 Mb.
bet2/3
Sana23.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1111938
1   2   3
Bog'liq
27-amaliy egri chiziqli yuzalarni shaberlash

Podshipniklarning ajralmas ichqo’ymalarini shaberlash

1.Ichqo’yma yuzasi sifatini andoza- to’r bilan tekshirish.

g

1.Ichqo’ymayuzasi artilib, sifati bo’yalgan tekshirish vali va andoza -turga asosan tekshiriladi. Zarur sonda bir tekis dog’lar hosil qilish uchun qiyshiq va ayqash chiziqlar solib shaberlanadi. Pastki ichqo’yma giradan olinib, podshipnik korpusiga o’rnatiladi, bo’yalgan val pastki ichqo’ymaga yotqiziladi va val ustiga ichqo’yma hamda qistirmalar o’rnatiladi. Podshipnik qopqog’i qo’yilib, gaykalar bilan bir tekis burab mahkamlanadi. Bo’yalgan val bir necha aylanishga buraladi. SHaberlash sifatini tekshirishda:
vkladishlar yuzalarining kamida 2/3 qismi bo’yoq dog’lari bilan bir tekis qoplanganligi;
ishlov berilgan yuzada ezilishlar, tirnalishlar, uvalangan joylar, shaberning chuqur izlari yo’qligi tekshi­riladi;
dog’lar soni andoza-to’r bilan aniklanadi;
tekshirish vali yoki tutashadigan detalь bo’yoq surkab sinaladi.

2.Podshipnikning kesik konusi va tsilindrik ichqo’ymalarini shaberlash.




2.Valning konus bo’yinchasiga yupqa qilib bo’yoq surkaladi. Ichqo’yma artilib, val bo’yinchasiga kiydiriladi. Ichqo’ymaga val bo’ylab bosilib, ko­nus bo’yinchada bir necha marta bura­ladi. TSilindrik ichqo’ymani shaberlashda qo’llaniladigan usullar bilan ichqo’ymaning ichki konus yuzasi shaberlanadi. Ichqo’yma tola latta bilan artilib, podshipnik korpusiga o’rnatiladi.
Valning ish qismiga yupqa bo’yoq qatlami tortiladi va podshipnik ichqo’ymasi korpusga qo’yiladi. Podshipnik qopqog’i salgina qo’l kuchi bilan val yengil aylanadigan qilib boltlar yordamida tortib mahkamlanadi. Val 2 - 3 aylanishga buriladi. Podshipnik qismlarga ajratilib, ichqo’yma olinadi. Ichqo’yma chilangarlik giraga yoy chekkalari bilan mahkamlanadi va bo’yalgan joylar uch yoqli shaber vositasida egri chiziqlar solib shaberlanadi (d).
Ichqo’yma val bo’yicha tekshiriladi. Bir tekis joylashgan dog’lar hosil bo’lgunga qadar egri, ayqash chiziqlar solib shaberlanadi. SHaberlash sifati ko’zdan kechiriladi. Ishlov berilgan yuza aniqligi (25x25 mm yuzada 10-12 ta dog’ borligiga qarab) ramka bo’yicha tekshiriladi. Bo’yoq gardish yoki tutashadigan detalь yordamida tekshiruvdan o’tkaziladi. Ishlov berilgan yuzada tirnalishlar, uvalanishlar va chuqurchalar yo’qligi ko’z bilan qarab chiqiladi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling