6-Ma’ruza: Kiberxavfsizlikning ijtimoiy va etik jihatlari


Kompyuter etikasi kodeksi


Download 22.35 Kb.
bet2/4
Sana09.03.2023
Hajmi22.35 Kb.
#1256350
1   2   3   4
Bog'liq
6-maruza

Kompyuter etikasi kodeksi
Kompyuter etikasini yaqqol ko’rinishi axloqiy kodekslar ishlab chiqish sohasida namoyon bo’ldi. Ko’rilayotgan muammoga sezilarli munosabat AQSH da bo’ldi, birinchi bo’lib 1974-yilda kompyuter etikasi kodeksi ishlab chiqildi. Kodeks qabul qilinishi injinerlar, olimlar va texnologlar o’zini faoliyati natijalari bilan axborot jamiyatida barcha insonlarni hayotini sifati va shartlarini belgilab berishini tushunilishi bilan aytib o’tildi. Shu sababli kodeks preambulasida axborot texnologiyalari vositalarini ishlab chiqish va joriy etilishida etikani barcha me’yorlariga roiya etilishi hayotiy muhim zaruratligi ajratib ko’rsatiladi. Natijada AQSH da axborot texnologiyalari sohasi bilan bog’liq ko’plab tashkilotlarda kodekslar ishlab chiqildi va qabul qilindi, xususan, “Kompyuter texnologiyalari ishlab chiquvchilar assotsiatsiyasi” (ACM), “Axborot texnologiyalari menejerlari assotsiatsiyasi” (DPMA), “AQSH axborot texnologiyalari foydalanvuchilari assotsiatsiyasi” (ITAA), “Sertikatlangan kompyuter professionallari assotsiatsiyasi” (ICCP).
“Axborot texnologiyalari bo’yicha xalqaro federatsiyasi” (IFIP) kodekslarida foydalaniladigan etika standartlari asosida mahalliy ma’daniy va etika an’analarini hisobga olgan holda boshqa davlatni milliy tashkilotlarning kompyuter etikasi kodekslari qabul qilinishi tavsiya etildi. Alohida kodekslar tarkibi bir-biridan farq qiladi, biroq ularning asosida axloqiy o’rnatmalarni ba’zi invariant to’plami yotgan bo’lib, quyidagilarga keltirish mumkin:

  • Boshqa insonlarga zarar ketirish maqsadida kompyuterdan foydalanmaslik;

  • Kompyuter tarmog’ni boshqa foydalanuvchilari ishiga aralashmaslik va xalaqait bermaslik;

  • Erkin foydalanish uchun mo’ljallanmagan fayllardan foydalanmaslik;

  • O’girlik uchun kompyuterdan foydalanmaslik;

  • Yo’lg’on axborot tarqatish uchun kompyuterdan foydalanmaslik;

  • O’g’irlangan DT dan foydalanmaslik;

  • Begona intellectual mulkni o’zlashtirmaslik;

  • Ruxsatsiz yoki muvofiq kompensatsiyasiz kompyuter qurilmalari yoki tarmoq resurslaridan foydalanmaslik;

  • Yozayotgan dastur yoki ishlab chiqayotgan tizimingizni ehtimoliy ijtimoiy oqibatlari to’g’risida o’ylash;

  • Kompyuterdan sizni ogohligingiz va boshqalarni hurmat qilishingizni ko’rsatadigan o’zaro cheklovlar bilan kompyuterdan foydalanish.


Download 22.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling