[CoF6] 3-paramagnit kompleks hosil qilishi va [Co(CN)6]3- ning diamagnit kompleks hosil qilish sababini ligandlarning spektrokimyoviy qatori asosida tushuntirish mumkin. CN- ioni kuchli maydon hosil qiluvchi ligandlar qatorida joylashganligi uchun uning parchalanish energiyasi anchagina yuqori bo’ladi(26 –jadval). [CoF6]3- yuqori spinli kompleksga kirib paramagnit xossaga ega. [Co(CN)6]3- da bo’lsa elektronlarning joylashuvi boshqacha yuzaga keladi. F- ioni kuchsiz maydon hosil qilganligi sababli kompleks hosil qiluvchi d- orbitallarning ajralish energiyasi kichik bo’ladi. Shuning uchun elektronlar Xund qoidasiga binoan dastlab bo’sh orbitallarga bittadan joylashadi. CN- ioni kuchli maydon hosil qilganligi sababli kompleks hosil qiluvchi d-orbitallarning ajralish energiyasi katta bo’ladi, shuning uchun elektronlar dastlab energiyasi kichik bo’lgan dεorbitallarga joylashadi, natijada unda juftlashmagan elektronlar qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |