6-ma’ruza: Marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish Reja
Download 102.69 Kb.
|
6 4 soatga-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing kompleksini ishlab chiqish
- Marketing tadbirlarini hayotga tadbiq qilish
Maqsadli bozorlarni tanlash — bu korxona o‘zining marketing xatti-harakatlarini yo‘naltirmoqchi bo‘lgan jozibali bozorni aniqlashdir. Bu yerdagi qabul qilingan qarorlar yo‘nalishlarni, segmentatsiyaning mezonlarini va ko‘rsatkichlarini tanlash, shuningdek, segmentatsiyalash usullari va bozorning maqsadli segmentlarini tanlash kabi jarayonlar bilan bog‘liq.
Marketing kompleksini ishlab chiqish qo‘yilgan maqsadlarga erishishni eng yaxshi tarzda ta’minlay oladigan marketing qurollarining kombinatsiyasini qo‘llashdan iborat. Marketing kompleksini shakllantirishga, birinchi navbatda, bozorning tanlangan maqsadli segmentidagi talabning ahvoli (rivojlanayotgan, salbiy, irratsional va hokazo) ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun vaziyatning xususiyatiga qarab marketing vositalarining muayyan kombinatsiyasi ustuvor yo‘nalishlar va strategik qarorlar ko‘rsatilgan holda tuziladi. Marketing tadbirlarini hayotga tadbiq qilish — bu korxonaning maqsadli bozordagi marketing xatti-harakatlarining aniq rejasidir. U qabul qilingan qarorlarga muvofiq barcha marketing vositalarini o‘z ichiga oladi (marketing-miks). Reja quyidagi tuzilmaga ega: 1) tadbirning nomi; 2) bajarilish muddatlari; 3) tadbirni bajarish uchun mas’ul shaxs; 4) tadbirni o‘tkazish qiymati; 5) kutilayotgan natijalar. Marketingni boshqarishning usul va shakllari namoyon bo‘lish xususiyatlari va natijalariga ko‘ra nihoyatda xilma-xildir. Ularning xilma-xilligi marketing vazifalarini hal qilishning ko‘pgina strategik usullarining mavjudligi, iste’molchilarning ehtiyojlari o‘zgarishi, raqobat usullarining xilma-xilligi va boshqalardan kelib chiqadi. Korxonalar tomonidan marketingni qo‘llash bo‘yicha kasb etgan tajribasi, shu jumladan, uni boshqarish tajribasi ham, bu jarayonda firmaning bosh direktori va uning lavozimi darajasidagi boshqa shaxslar hal qiluvchi rol o‘ynashidan dalolat beradi. Ularning marketing, imkoniyatlar to‘g‘risidagi bilimlarining chuqurligiga, asosiysi esa, qo‘yilgan maqsadlarga erisha olishiga korxonada marketingdan ijodiy foydalanishning muvaffaqiyati yoki mag‘lubiyati bog‘liq bo‘ladi. Bosh direktor marketing sohasida chuqur bilimga ega bo‘libgina qolmay, marketingni korxonaga joriy etish va bu ishni shaxsan boshqarishga qat’iy bel bog‘lashi kerak. Download 102.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling