6-ma’ruza: Marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish Reja


Download 102.69 Kb.
bet1/6
Sana18.03.2023
Hajmi102.69 Kb.
#1282363
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 4 soatga-1


6-ma’ruza: Marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish
Reja:
1. Marketing faoliyatini boshqarish
2. Korxonada marketing xizmatining tuzilishi

1. Marketing faoliyatini boshqarish


Marketingni boshqarish jarayoni keng ma’noda qaraganda to‘rtta komponentni o‘z ichiga oladi:



  • korxona bozor imkoniyatlarining tahlili;

  • maqsadli bozorlarni tanlash;

  • marketing kompleksini ishlab chiqish;

  • marketing tadbirlarini hayotga tadbiq etish.

Marketingni boshqarish va korxonaning marketing strategiyasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning differensiatsiyasi umumiy jarayoni chizma shaklida 1-rasmda ko‘rsatilgan.



1-rasm. Marketingni boshqarish umumiy jarayoni

Ko‘rinib turibdiki, diqqat-e’tibor markazida maqsadli iste’molchilar turibdi. Korxonaning vazifasi shundan iboratki, bozorning tanlab olingan istiqbolli segmentlariga nisbatan marketing kompleksini (tovar, narx, tarqatish va siljitish) ishlab chiqish va marketing axborotini tahlil qilish, marketingni rejalashtirish va marketing nazorati yordamida uni harakatga keltirishdan iborat.


Korxonaning bozor imkoniyatlari — bu korxonaning foyda olish maqsadida bozordagi faoliyatining jozibali yo‘nalishlari. Marketing qarorlarini qabul qilish va ularni amalda tadbiq qilish bo‘yicha xatti-harakatlarni rejalashtirish uchun korxonaning bozor imkoniyatlarini tahlil qilish zarur. Buning uchun tahlilning quyidagi usullari qo‘llaniladi: Vaziyatli tahlil; SWOT-tahlil; STEP-tahpil; CAP-tahlil.
Vaziyatli tahlilning ahamiyati shundan iboratki, marketing tashqi va ichki muhitining asosiy elementlari ketma-ket ko‘rib chiqiladi va ulardan har birining korxonaning bozor imkoniyatlariga ta’siri darajasi aniqlanadi. Natijada iste’molchilarning xatti-harakatlarini hisobga olish, bozor vaziyatini bilish, raqobatchilarning xatti-harakatlariga korxonaning javob reaksiyalarini baholash, ta’minotchilar va vositachilarga nisbatan olib borilayotgan siyosat aniqlanib olinadi. Korxonaning bozor imkoniyatlarini tahlil qilish bo‘yicha chuqurroq va batafsilroq ma’lumotlarni SWOT-tahlil asosida olish mumkin.
STEP-tahlil (ingliz atamalarining bosh harflarining abbreviaturasi) korxona tashqi muhitining eng muhim elementlari tahliliga asoslanadi. Ya’ni: iqtisodiy, texnik-texnologik, ijtimoiy-demografik, ekologik, siyosiy, etik va huquqiy. Bunda makro-muhitni shakllantirish va muayyan korxona bilan aloqa qilishda o‘zgarishlar va tendensiyalarga tegishli bo‘lgan axborot to‘planadigan ma’lumotlar banki yaratiladi.
CAP-tahlil korxona faoliyatida xohlaydigan va haqiqiy voqealar o‘rtasidagi strategik uzilish va farqlarni aniqlashga imkon beradi. Korxona faoliyatidagi kutiladigan natijalar sifatida ko‘pincha muayyan korxona erishmoqchi bo‘lgan «balandlik» chiqadi. Haqiqatga kelsak, korxonaning vaziyati o‘zgarmaganda, haqiqatan erishishi mumkin bo‘lgan yoki erishgan natijalar hisoblanadi.

Download 102.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling