6-ma’ruza: Marketing faoliyatini boshqarishni tashkil etish Reja
-rasm. Matritsali tashkiliy struktura
Download 102.69 Kb.
|
6 4 soatga-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-rasm . Marketing xizmatining funksional-tovar strukturasi
4-rasm. Matritsali tashkiliy struktura
Marketingni boshqarishning aralash tashkiliy strukturalariga quyidagilar kiradi: 1. Tovar-funksional. 2. Bozor-funksional. 3. Tovar-bozorli. 9.8-rasmda mexnat taqsimotining ikkita ko‘rsatkichini (funksiyalar va tovarlar bo‘yicha) bir vaqtning o‘zida qo‘llashga doir misol keltirilgan. 5-rasm. Marketing xizmatining funksional-tovar strukturasi Biroq bunday murakkab strukturalar ham strategik rejalashtirish va boshqarishga to‘liq o‘tish imkonini bermaydi. Keng miqyosli vazifalarni hal etish uchun yanada moslashgan strukturalar talab etiladi. Kichik korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish masalalari malakali kadrlar va vositalarning yo‘qligi sababli ayniqsa dolzarb bo‘lib qolmokda. Lekin shunga qaramay, bu yerda marketingai qo‘yidagi yo‘nalishlarda tashkil etish mumkin: boshqa kichik korxonalar bilan birgalikda muayyan marketing tadbirlarini, masalan, bozorni o‘rganish, reklama kompaniyalari va hokazolarni o‘tkazish; marketing vazifalarini korxonaning eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan xodimiga yuklash; marketing tadbirlari (sotish tarmog‘ini shakllantirish, assortimentni rivojlantirish, jamoatchilik bilan ishlash va hokazo)ni ishlab chiqish va joriy qilish uchun maslahatchilar va ekspertlarni taklif etish. Korxonada marketingni tashkil etish jarayonining bevosita o‘zi, odatda, bir nechta bosqichga bo‘linadi: 1. Korxonaga diagnoz qo‘yish bosqichi (korxona potensialini tahlil qilish, ichki va tashqi muhit va mavjud muammolar haqidagi axborot, marketingni tashkil etish haqida gipotezalarni tuzish). 2. Tahlil bosqichi (bozor holati, raqobatchilarning xatti-harakati, tovar taklifi va talab rivojlanish istiqbollarining tahlili). 3. Tashkiliy bosqich (korxonaning marketing xizmati haqidagi Nizomni ishlab chiqish, marketing xizmatini kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha tadbirlar tuzish, korxonaning marketing konsepsiyasini ishlab chiqish). 4. Uslubiy bosqich (marketingning axborot tizimini yaratish; tovar, narx, taqsimot, reklama siyosatlarini amalga oshirishning aniq uslublarini ishlab chiqish). 5. Joriy etish bosqichi (maqsad, strategiya, tadbir va marketing harajatlarini asoslash, marketingning nazorat tizimini shakllantirish, korxonada marketing faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash). 6. O‘rgatish bosqichi (marketing xizmati mutaxassislarini, boshqaruv xodimlarini marketingga o‘qitish, stajirovkalarni o‘tkazish). Marketing xizmatining kadrlar tarkibi quyidagi darajalarga ega bo‘lishi mumkin: boshqarishning strategik darajasi (bosh direktorning marketing bo‘yicha o‘rinbosari, marketing-direktor), boshqarishning o‘rta darajasi (mahsulot bo‘yicha menejer; bozor, mintaqa, viloyat bo‘yicha menejer; sotish, taqsimot kanallari bo‘yicha menejer; iste’molchilar bilan ishlash bo‘yicha menejer; reklama bo‘yicha menejer; jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha menejer), operativ-ijro etuvchi (savdo agenti, vakil, promouter, reklama agenti, marketing bo‘yicha menejerning assistenti, sotuvchilar), texnik (o‘qitish bo‘yicha menejer, marketing nazoratchisi), yordamchi (marketing tadqiqotlari bo‘yicha menejer, marketingning iqtisodchi-analitigi, intervyuyer, axborotga kompyuterda ishlov berish bo‘yicha mutaxassis). Download 102.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling