6-ma’ruza. Mavzu: Elektromagnit qurilmalar. Transformatorlar
Payvandlash transformatorlari
Download 198.35 Kb.
|
6.-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transformatorlarning pasport ko‘rsatkichlari
Payvandlash transformatorlari.
Payvandlash transformatorlari elektr yoyi hosil qilish uchun mo‘ljallangan pasaytiruvchi transformatordir. Bunday transformatorlar bir fazali yoki uch fazali bo‘lishi mumkin. Payvanlash tokiga qarab transformatorlar katta va kichik quvvatli bo‘lishi mumkin. Kam quvvatli, bir fazali tokda ishlovchi payvandlash transformatorlarining chiqish chulg‘amida tok kuchi 200 A gacha bo‘lishi mumkin. Bunday transformatorlar 6mm gacha qalinlikdagi metallarni payvandlashi mumkin. Katta quvvatli uch fazali transformatorlarning chiqish chulg‘amlari esa 600A gacha tokda ishlashi mumkin. Payvandlash transformatorlarida chiqish chulg‘ami toki katta bo‘ladi, kuchlanish esa 70 V gcha bo‘lishi mumkin. Chiqish chulg‘ami tokini boshqarish uchun transformatorlarda qo‘shimcha o‘zak ishlatiladi 23-rasm. Bu o‘zakka o‘ralgan chulg‘amning induktiv qarshiligini qo‘shimcha o‘zakdagi d tirqishni o‘zgartirish usuli bilan rostlash mumkin. Transformatorning qo‘shimcha o‘zagi aloxid 23- a rasm, yoki asosiy o‘zakning bir qismi bo‘lishi mumkin 23- b rasm. a b
23-rasm. Payvandlash ransformatori.1-asosiy o‘zak, 2-tok rostlash o‘zagi, 3- o‘zakning qo‘zg‘aluvchan qismi.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan transformatorning pasport ko‘rsatkichlari da asosan quyidagi katt aliklar ko‘rsatilgan bo‘ladi: transformatorning to‘la quvvat (kVA); past kuchlanish chulg‘ami kuchlanishi (kV); yuqori kuchlanish chulg‘amining nominal toki (A); past kuchlanish chulg‘amining nominal toki (A); tok chastotasi (Gs); fazalar soni (uch fazali, bir fazali); chulg‘amlar ulanish guruxlari va sxemasi; chulg‘amlarning sovitilish usuli; yuklama rejimi (uzoq muddatli yoki qisqa muddatli); qisqa tutashuv kuchlanishi (%); transformatorning joylashuvi sharoiti (ochiqda yoki bino ichida); qisqa tutashuv kuchlanishi (%); qisqa tutashuvdagi quvvat isrofi (Vt); salt ish rejimi toki (A ); salt ish rejimidagi quvvat isrofi (Vt); transformator massasi (kg); moyli transformatorlar uchun moyning massasi (kg); transformatorning geometrik o‘lchamlari. Download 198.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling