6-ma’ruza. Mavzu: Elektromagnit qurilmalar. Transformatorlar
Transformatorning turlari
Download 198.35 Kb.
|
6.-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchov transformatorlari.
- Avtotransformator.
4. Transformatorning turlari
Amalda ishlatiluvchi transformatorlar tuzilishiga ko‘ra va ishlatilish sohalariga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Konstruksion tuzilishiga ko‘ra transformatorlar bronli va sterjenli turlarga bo‘linadi 5.13-rasmga qarang. Tok turi bo‘yicha bir fazali va uch fazali bo‘lishi mumkin. Ishlatilish sohalariga qarab o‘lchov transformatorlari, taqsimlovchi transformatorlar, avtotransformatorlar va qurilmalarning tok ta’minoti transformatorlari (kuch transformatorlari) kabi turlarga bo‘lish mumkin. O‘lchov transformatorlari. Mavjud elektr o‘lchov qurilmalari yordamida ba’zan ayrim o‘lchovlarni amalga oshirishning imkoniyati bo‘lmasligi mumkin. Ya’ni o‘lchov qurilmasining chegarasi bunga mos kelmasligi mumkin. Ayniqsa, katta kuchlanish va toklarni o‘lchashda bunday xolatlar ko‘p uchraydi. Shu paytda transformator yordamida tok yoki kuchlanishni kamaytirib o‘lchash o‘lchov xavfsizligini ta’minlash bilan birga o‘lchov ishlarini arzonlashtiradi. Bunda tok yoki kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsientini bilishning o‘zi yetarlidir. Natijada transformator o‘lchovlarni qurilmasining o‘lchash diapazonini kengaytiradi. O‘lchovning haqiqiy natijasini olish uchun shlchov qurilmasi ko‘rsatkichini transformatorning transformatsiya koeffitsientiga ko‘paytiriladi. Transformatordan kuchlanish yoki tok kuchini o‘lchashda foydalanish uchun uni sxemaga kuchlanish yoki tok transformatori kabi ulanadi 5.21-rasm. a b v
21-rasm. Tok, kuchlanish va quvvatni o‘lchov transformatorlari yordamida o‘lchash.
xizmat qiladi. Bunda transformatsiya koeffitsienti o‘zgaruvchan bo‘lib, qo‘zg‘aluvchan kontatkning holatiga qarab chiqish kuchlanishi 0 dan Ukir kuchlanishigacha o‘zgarishi mumkin 22-rasm. Suriluvchi kontakt
Avtotransformatorlar kuchlanishni bir tekis o‘zgartirish zarurati mavjud hollarda, masalan laboratoriya sharoitlarida keng ishlatiladi. Download 198.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling