6-Ma’ruza Mavzu: Tashqi savdoni tartibga solishning
Download 47.13 Kb.
|
6--Mavzu
Tarif kvotasi va uning mazmuni. Tarif siyosatining afzalliklari va kamchiliklari.
Milliy xo’jaligining holatiga boglik ravishda bojxona siyosati olib borishning ikki variantini ajratib ko’rsatish mumkin - iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi bojxona siyosatlari. Rivojlangan mamlakatlar uchun kup ustunli tariflar xos bulib, u turli import boji stavkalari: barcha davlatlar uchun taallukli bulgan mikdori baland umumiy stavkalar, eng qulay sharoit yaratish rejimi stavkasi (ikki mamlakat urtasida kelishilgan xolda urnatilgan savdo operasiyalarining imtiyozli tartibi), kambagal, past darajada rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlardan kilinadigan importlar uchun belgilangan preferensial koeffisentli stavkalarni nazarda tutadi. Rivojlangan mamlakatlar bojxona tariflarining boshka bir xususiyati, bu tariflarning 1988 yilda joriy etilgan «Xalqaro tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygunlashtirilgan tizimi» (UT) bilan korrelyasiyasi (o’zaro bog’liqligi) hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi bojxona siyosatining uziga xos xususiyati eksport bojlaridan keng kulamda foydalanish va nisbatan yukori import tarifi stavkalarini ushlab turish (bu stavkalar rivojlangan mamlakatlar uchun misli kurilmagan darajaga yetadi - 50-100 foizgacha, Misr, Ekvador, Pokistonda hatto bundan ham yuqori) xosdir. Bundan tashkari kupchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda, AQSh, Yaponiya va Yevropa derjavalaridan farkli ravishda, eski Bryussel tovar nomenklaturasidan yangi Uygunlashtirilgan tizimga endigina utishmokda. Shuning uchun ularning ba’zilari ko’p kolonkali tariflarni qo’llaydi (Senegalda — 9 ta, Malida — 17 ta). Milliy tariflar bilan bir katorda jaxrn iqtisodiyotida bir necha mamlakatlarni bojxona ittifoqlariga birlashishi keng tarkalib bormokda. Bojxona ittifoklari tashki savdoni davlatlararo tartibga solishni turli ko’rinishlaridan amaliy foydalanishmokda, bunda ular turli hududiy va global xalqaro tashkilotlar ko’magiga suyanmokda. Download 47.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling