6-mа’ruzа. Mineralogiya. Minerallar to‘g‘risida umumiy ma’lumot. Rejа


Download 55.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.10.2023
Hajmi55.84 Kb.
#1716844
  1   2   3
Bog'liq
6 (1)



6-mа’ruzа
Mineralogiya. Minerallar to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
Rejа: 
1. Mineralogiya fani haqida tushuncha. 
2. Minerallаr hаqidа tushunchа. 
3. Minerallаrning pаydo bo’lishi. 
4. Minerallarning sanoat va xalq xo’jaligidagi ahamiyati. 
Tаyanch so’z va iborаlаr: tasnifiy mineralogiya, genetik mineralogiya, eksperimental 
mineralogiyametallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, temir yo`l, ko`priklar, temir-beton 
inshootlari, kon asbob-uskunalari, keng iste`mol mollari, mineral o’g’itlar, kaliyli, fosforli 
minerallar 
Mineralogiya geologiyaning eng qadimiy tarmoqlaridan biri. Dastlabki ma`lumotlar 
eramizdan avval yunon olimi Teofrastning toshlar haqida va Katta Pliniy kitoblarida berilgan. 
O`rta asrda Sharqda mineralogiya faniga Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar 
asos solishgan. Ayniqsa, Beruniyning "Kitob al Javohir fi Ma`rifat al-Javohir" qimmatbaho 
toshlarni bilib olish bo`yicha ma`lumotlar to`plami diqqatga sazovor. Bu kitobda Beruniy, 300 
dan ortiq minerallar va ular turlarining xususiyatilari, qo`llanilishi, hosil bo`lish sharoitlari, rangi, 
qattiqligi va solishtirma og`irligi to`g`risida ma`lumot beradi. XVII-asrning birinchi yarmida 
yozilgan "Bahr ul-Asror" (Sirlar dengizi) asarining muallifi Mahmud ibn Vali ham 
mineralogiyaning taraqqiyotiga katta hissa qo`shadi, bu asarda qimmatbaho metall va 
minerallarning sifatini tekshirish usullari haqida ko`p ma`lumotlar keltiriladi. 
Mineralogiya Yevropada XVI asrning boshlarida fan bo`lib shakllangan. Bu davrda 
Leonardo da Vinchi, keyinroq R.Dekart, N.Steno (1638-1686), X.Guygens, R.J.Gayui (1733-
1822) va rus olimlaridan M.V.Lomonosov, V.M.Severgin, N.I.Kashkarovlar mineralogiyaga 
ko`proq e`tibor bera boshladilar. Shved olimlaridan K.Linney va A.Kronshtedtlar minerallarning 
tarkibini kimyoviy tahlil usuli bilan o`rganishni yo`lga qo`ydi. XX asrning boshlarida yuzaga 
kelgan ikki yangi yo`nalish, mineralogiyaning yanada rivoj topishini ta`minladi. Bulardan biri - 
genetik yo`nalish bo`lib, yer qobig`ining turli qatlamlardagi minerallarning hosil bo`lish 
jarayonlari har tomonlama puxta o`rganildi. Bu yo`nalishga V.I.Vernadskiy, A.E.Fersmanlar 
asos soldilar. 
Ikkinchi yo`nalish Ye.S.Fyodorov tomonidan geometriya usulida isbotlangan 
kristalloximiya tahlili nazariyasidir. Uning nazariyasi bo`yicha, har bir mineral kristall 
tarkibidagi kimyoviy elementlarning o`zaro joylashishi qat`iy simmetrik qonuniyatlarga 
bo`ysingan bo`lib, elementlarning joylashishi bilan kristallarning tashqi ko`rinishi (shakli) bir-
biriga mos ekanligini aniqladi. 
Bundan tashqari, XX-asrning 20-yillarda har bir mineral o`ziga xos ichki tuzilishga ega 
ekanligi rentgen nurlari yordamida amalda isbot qilindi. 
Keyingi yillarda fizika, kimyo fanlari yutuqlarining samaralari, texnika va xalq xo`jaligi 
uchun zarur bo`lgan mineral xom ashyolar izlab topish zarurati mineralogiyaning tez surgatda 
o`sishiga zamin tayyorladi. Hozir mineralogiyaning quyidagi tarmoqlari mavjud. 

Download 55.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling