6-ma’ruza: mo‘G‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddii manguberdi mard va jasur ajdodimiz reja


Download 1.45 Mb.
bet5/7
Sana02.01.2022
Hajmi1.45 Mb.
#190109
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-ma’ruza. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddii manguberdi - mard va jasur ajdodimiz

GLOSSARIY

Aymoq

1) mo‘g‘ul va turkiy xalqlarda qadimgi urug‘larning parchalanishidan kelib chiqqan turli tarmoqdagi o‘zaro qon-qardosh oilalar birlashmasi yohud ittifoqi; 2) O‘rta asrlarda mo‘g‘ullarda yirik er-mulk, ba’zan xonlik.

Arlot


arlat, allot – o‘zbek urug‘laridan biri. Manbalarga ko‘ra, Chingizon tomonidan Chig‘atoy ulusini boshqarish uchun ajratilgan 4 ming kishilik qo‘shin boshliqlaridan biri ham Arlot urug‘idan bo‘lgan. Arlotlar Amudaryodan janubda, Shimoliy Afg‘oniston hududlarida o‘rnashganlar. Keyingi asrlarda hozirgi O‘zbekistonning janubiy viloyatlari, Shuningdek Xorazmga ko‘chib o‘tganlar. Buxoro viloyatidagi Olot shahrining nomi ham “arlot” so‘zining fonetik o‘zgarganidir.

Voliy

(arab. – hokim, noib) – o‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida viloyat hokimi (noibi). Voliylar xon yoki podshoh tomonidan tayinlanib, viloyatning mutlaq hokimi hisoblangan.

Jand

Hozirgi Qizil O‘rdadan quyiroqda Sirdaryoning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan o‘rta asr shahari.

Shinak

shahar, qal’a, qo‘rg‘on kabi mudofaa inshootlari devoridan dushmanni kuzatish, undan saqlanish va hujumni qaytarish maqsadida o‘q otish uchun devorning maxsus tuynukchasi, pana joy.

Shulen


mo‘g‘ullar hukmronligi davrida davlat hazinasi uchun undiriladigan oziq-ovqat solig‘i. Shulen har bir podadan ikki yashar qo‘y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan.


Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling