6 Ma’ruza. O‘zbekiston respublikasida texnik jixatdan tartibga solish masalalari Reja


O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston


Download 203.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi203.98 Kb.
#1489809
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6 - Ma’ruza. O‘zbekiston respublikasida texnik jixatdan tartibga solish masalalari

2.3. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston 
Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining texnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi vakolatlari 
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi texnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning xavfsizligiga doir, ularda inson hayoti va 
sog’lig’i uchun zararli bo’lgan moddalar, kasallik tug’diruvchi organizmlarning 
mavjudligi, kasallik tashuvchilarning kirib kelishi yoki tarqalishining oldini olish, tibbiyot 
uchun mo’ljallangan buyumlar, tibbiy texnika va dori vositalarini ishlab chiqarish hamda 
qo’llash bo’yicha majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va 
ta’minlaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi shaharsozlik 
faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar 
xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil etadi va 
ta’minlaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tabiiy 
resurslardan foydalanishda hamda atrof-muhitni ifloslanish va boshqa zararli ta’sirlardan 
muhofaza qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar, ishlar va 
xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarga taalluqli ishlarning bajarilishini tashkil 
etadi va ta’minlaydi. 
Ushbu moddaning birinchi - uchinchi qismlarida ko’rsatilgan texnik jihatdan tartibga 
solish sohasidagi vakolatli davlat organlari o’z vakolati doirasida: 
texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari loyihalari va umumiy texnik 
reglamentlarni tasdiqlash yuzasidan O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish agentligiga takliflar kiritadi; 
umumiy va maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi hamda 
ularni ekspertizadan o’tkazadi; 
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarini tuzadi; 
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan umumiy va 
maxsus texnik reglamentlarni ekspertizadan o’tkazadi; 
umumiy texnik reglamentlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek 
mazkur reglamentlarni bekor qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi; 


maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlaydi, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritadi, 
shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qiladi
umumiy va maxsus texnik reglamentlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini 
amalga oshiradi; 
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini 
shakllantiradi; 
texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. 
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 203.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling