6-Ma’ruza. Qattiq eritmalar


Qattiq eritmalar hosil qiladigan sistemalar


Download 165.65 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi165.65 Kb.
#1533050
1   2   3
Bog'liq
6-Ma\'ruza.

Qattiq eritmalar hosil qiladigan sistemalar. Suyuq va qattiq holatlarda A va B komponentlar cheksiz eruvchanlikka ega bo’lgan holat diagrammasi V.13-rasmda keltirilgan. TAC0TB solidus chizig’idan pastda qattiq eritmalarning mavjud bo’lish sohasi joylashgan;

V.13-rasm. Qattiq holatda komponentlari cheksiz eriydigan sistemaning holat diagrammasi
TAa0TB likvidus chizig’idan yuqorida suyuq eritmalar sohasi joylashgan. Solidus va likvidus chiziqlari orasida suyuq va qattiq eritmalarning birgalikda mavjud bo’lish sohasi joylashgan. M figurativ nuqta bilan belgilangan qotishmaning sovishini ko’rib chiqamiz. Ta haroratda a0 nuqtada qattiq eritmaning kristallanishi boshlanadi va 2 fazalisistema hosil bo’ladi: у0 takribli suyuqlanma u3 tarkibli qattiq eritma bilan muvozanatda bo’ladi. Ta va Tc haroratlar intervalida erkinlik darajalar soni 1 ga teng (F=2–2+1=1) va har bir haroratga suyuq va qattiq eritmalarning ma’lum tarkiblari mos keladi. Masalan, b0 figurativ nuqtadagi у0 tarkibli sistema 2 ta fazadan tarkib topgan: у1 tarkibli suyuq eritma (b1 nuqta) va у2 tarkibli qattiq eritma (b2 nuqta).
Yelka qoidasiga binoan v0 figurativ nuqta uchun;

bu yerda: m0 – suyuqlanma massasi; m1 va m2 – suyuqlanma va qattiq eritmalarning massalari. Suyuqlanmaning to’la qotishi Tс haroratda sodir bo’ladi; bunda qattiq eritmaning у0 tarkibi (С0 nuqta) a0 boshlang’ich suyuqlanmaning у0 tarkibiga mos keladi.
Diagrammada muvozanatda bo’lgan 3 ta faza yo’qligi sababli va erkinlik darajasi nolga teng bo’lmagani uchun sovish egrisida gorizontal chiziqlar yo’q. Kristallanish yo’li Ma0b1с1 chiziq bilanifodalanadi.
Qattiq holatda cheksiz eruvchanlikka ega bo’lgan boshqa tur holat diagrammalari V.14(a,b)-rasmlarda keltirilgan. Ekstremal nuqtada suyuq va qattiq eritmalarning tarkiblari bir-biriga mos keladi. С nuqtadagi qattiq eritma xuddi toza modda kabi o’zgarmas haroratda suyuqlanadi, uning kimyoviy tarkibi doimo bir xil bo’ladi, lekin u kimyoviy birikma emas, balki qattiq eritmadir.


Download 165.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling