6-ma’ruza. Raqamli
texnologiyalar
Reja
5.1. Raqamli texnologiyalar nima?
5.2. Raqamli platforma
5.3. Katta ma’lumotlar analitikasi
5.4. Internet buyumlar
5.5. Kvant informatikasi
5.1. Raqamli texnologiyalar nima?
Raqamli texnologiyalar (Digital technology)
uzluksiz spektr ko'rinishida emas, balki analog
darajadagi diskret diapazonlarda signallarni
tasvirlashga asoslangan. Tarmoq ichidagi barcha
darajalar bir xil signal holatini bildiradi.
Raqamli texnologiyalar analog texnologiyalardan farqli o'laroq
uzluksiz signallar bilan emas, balki diskret ishlaydi. Bundan
tashqari, signallar odatda ikkita bo’lgan kichik qiymatlarga ega.
Haqiqiy hayotda tizimlar, ayniqsa, hisobga olish ma'lumotlarini
saqlash tizimlari uchta qiymatdan iborat bo’ladi. Odatda bu 0, 1,
NULL bo'lib, ular mantiq algebrasida mos ravishda "False", "True"
qiymatlariga ega va NULL da "natija bo’lmaydi". Raqamli sxemalar
asosan AND, OR, NOT va boshqalar kabi mantiqiy elementlardan
iborat bo'lib, ular schyotchik va trigerlar bilan ham bog'liq bo'ladi.
Raqamli texnologiyalar asosan raqamli hisoblash elektronikasida,
birinchi navbatda kompyuterlarda, o'yin avtomatlari, robototexnika,
avtomatlashtirish, o'lchash qurilmalari, radio va telekommunikatsiya
qurilmalari va boshqa ko'plab raqamli qurilmalar kabi
elektrotexnikaning turli sohalarida qo'llaniladi.
Raqamli elektronikaga misollar
Do'stlaringiz bilan baham: |