6 Ma’ruza Reja : Yorug’lik nurining tabiati
Gyuygens – Frenel prinsipi
Download 443.94 Kb.
|
6 - Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.6 Frenel zonalari
Gyuygens – Frenel prinsipi. Difraksiyaning aniq nazariyasi juda murakkabdir. Shu sababli, Gyuygen-Frenel prinsiplariga asoslangan taqribiy usullar katta axamiyatga ega bo’ladi.
Gyuygens prinsipiga asosan, AV to’lqin frontining har bir nuqtasini ikkilamchi sferik to’lqinlar manba’i deb hisoblash mumkin (6.5-rasm). Frenel esa, bu prinsipga, ikkilamchi to’lqinlar o’zaro ta’sirlashib interferensiya manzarasini hosil qilishi mumkin, degan fikrni qo’shimcha qildi. M1 yorug’lik manba’ini ixtiyoriy yopiq s sirt bilan o’raymiz (6.6 - rasm). ds sirt elementining hosil qilgan tebranishining R nuqtaga siljishi quyidagiga teng bo’ladi: , (6.5.1) bu yerda A0 – ds elementdagi tebranish amplitudasi, r – ds elementdan R nuqtagacha bo’lgan masofa, k(j) – qiyshayish koeffisiyenti - R nuqta tomon yo’nalish bilan ds yuzaga normal orasidagi j burchakka bog’liq kattalik. 6.6 – rasm. ds sirtli yorug’lik maba’i bo’lganda dir. R nuqtadagi natijaviy tebranish superpozisiya prinsipiga asosan , (6.5.2) ga teng. Bu ifoda Gyuygens-Frenel prinsipining analitik ifodasidir. Bu ifoda orqali hisoblar bajarish katta qiyinchilik tug’diradi. Shu sababli, Frenel tomonidan taklif etilgan, soddalashgan usullarni ko’rib chiqamiz. 6.6 Frenel zonalari M nuqtaviy yorug’lik manba’ining sferik to’lqin frontiga mos tushadigan s sirtini olamiz va bu sirtning markazi nuqtaviy manba’da yotadi deb hisoblaymiz (6.7-rasm). 6.7 – rasm. Sferik to’lqin frontini Frenel sohalariga ajratish To’lqin frontining barcha nuqtalari bir xil chastota va fazada tebranadi, natijada kogerent manba’lar majmuasini ifodalaydi. s sirtni, istalgan ikkita qo’shni soha to’lqinlari R nuqtaga qarama-qarshi fazada keladigan, xalqali sohalarga ajratamiz. Frenel sohalari yuzasi bir-biriga tengdir. Sohalardagi tebranishlar amplitudalari m – oshishi bilan monoton kamayib boradi: Istalgan sohadagi tebranishlar amplitudasi qo’shni sohalar amplitudalarining o’rtacha yig’indisiga teng bo’ladi: , (6.6.1) Juft sohalar amplitudalari bir xil ishorada bo’lsa, tok sohalar amplitudalari boshqa ishorada bo’ladi. Natijaviy tebranish amplitudasi quyidagiga teng bo’ladi: , (6.6.2) Shunday qilib, R nuqtadagi barcha to’lqinlar frontining ta’siri markaziy soha-ta’sirining yarmiga ekvivalentdir. Download 443.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling