6-ma’ruza: Sanoat binolarida ishlatiladigan ustunlarning turlari. Faxverk ustunlar va yuk ko‘taruvchi ustunlar orasidagi bog‘lovchilar Reja


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.11.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1754461
Bog'liq
6- маъруза



6-ma’ruza: Sanoat binolarida ishlatiladigan
ustunlarning turlari. Faxverk ustunlar va yuk 
ko‘taruvchi ustunlar orasidagi bog‘lovchilar
Reja:
1. Faxverk ustunlar.
2. Ustunlar orasidagi bog‘lovchilar
Фан ўқ: Э.Т.Ашуров


Ustunlar qadami va bino oraliqlari o‘lchamlari devor
panellari uzunligidan katta bo‘lgan holda, devor panellarini
o‘rnatish uchun faxverk deb ataluvchi qo‘shimcha ustunlar
o‘rnatiladi. Faxverk temirbeton yoki po‘lat to‘sinlardan, ba’zida
havonlardan tashkil topadi. Yirik panelli devorlar va yig‘ma
temir-beton karkasda faxverk faqat tik elementlar - temirbeton
yoki po‘lat ustunlardan iborat bo‘ladi. Faxverk elementlari devor
massasi va unga ta’sir etuvchi yuklarni qabul qilib, karkasga
uzatadi.
1. 
Faxverk ustunlar


Faxverk elementlari poydevorlarga
bikr o‘rnatiladi, tepa qismi esa karkasga
sharnirli
ulanadi.
Faxverkdagi
kuchlar
karkasga erkin beriladigan va karkasdagi
yuklar esa faxverkka berilmaydigan qilib,
ulanish konstruksiyasi amalga oshiriladi,
ya’ni ulanish sirpanuvchi tayanch echimida
bajariladi.
Harorat va boshqa ta’sirlardan hosil
bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarini kamaytirish
va ularni konstruksiyasini elementlararo
taqsimlanishini
ta’minlaydigan
bunday
vertikal bog‘lanishlarni temperatura bloki
o‘rtasida joylashgan ustunlar oralig‘iga
o‘rnatiladi. Bunda ustunlar qadami 12m va
18m bo‘lgan hol uchun esa “peshtoq”
(portal)
ko‘rinishdagi
bog‘lanishlar
qo‘llaniladi




Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun
va rigellar qabul qiladi. Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi,
natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi. Qavatlar soni ortishi bilan
shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va rigellarida
vujudga keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu
esa ustun va rigellar kesimini kattalashtirishni talab etadi. Bu
hol bino konstruksiyalarini birxillashtirishni (unifikatsiya)
qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 qavatdan
baland bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda
gorizontal yuklarni to‘laligicha ko‘ndalang ramalar qabul
qiladi, shuning uchun ular ana shu kuchlar ta’siriga
hisoblanadi.
2. Ustunlar orasidagi bog‘lovchilar


Ustunlararo vertikal bog‘lanishlar va harorat choklarini o‘rnatish: a – “X”-simon
bog‘lanish; b – peshtoqli bog‘lanish;


Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq
bo‘lgan binolarda gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va
vertikal joylashgan bikirlik elementlari, vertikal yuklarni esa ramalar
va qisman bikirlik elementlari qabul qiladi. Bunday elementlar
sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar yoki metaldan
ishlangan
bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining
ko‘rsatishicha rama– bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar
gorizontal kuchlarning 80...90 % ini, agar biroz kuchaytirilsa, 100 %
ini o‘ziga qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli tizimlarda
gorizontal kuchlar tashqi devorlar orqali qavatlararo yopmalarga
uzatiladi. Yopmalar gorizontal diafragma sifatida ishlab, bosimni
vertikal diafragmalarga uzatadi.
Nisbatan past binolar (7-8m) ustunlari oralig‘iga (er
silkinishi
kuzatilmaydigan
joylarda)
vertikal
bog‘lanishlarni
qo‘ymasa ham bo‘ladi. Bog‘lanishlarni prokat metallardan “shveller,
burchaklik” tayyorlanib, ularni ustunlarga payvandlash orqali yoki
boltlar yordamida qotiriladi.





Etiboringiz
uchun
rahmat!

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling