Spektrofotometrlar
Qayd qilinmaydigan spektrofotometrlar SF-4, SF-4A, SF-16.
Nur manbai: vodorodli va deyteriyli lampalar UB sohada 186-380nm.
cho„g„lanish lampasi ko„rinuvchan va IQ sohada 350-1100nm.
Monoxromator-dispergirlovchi prizma.
Detektorlar: surma-seziyli fotoelement 186-650nm.
kislorod-seziyli fotoelement 600-1100nm.
Bunday spektro fotometrlar 1 ta nur yo„liga ega bo„lgan asboblar turiga
kiradi.
Qayd qilinadigan spektrofotometrlar SF-10, SF-14, SF-26, SF-46 va boshq.
Bunday asboblar eritmalarning nur yutish spektrlarini va qattiq hamda kukun
holidagi rangli moddalar spektrlarini o„zi chizadi. Nur yo„liga bu moddalarni
qo„yib, asbob elektr tokiga ulansa sxema asosida asbob o„zi spektrni chizadi.
Spektr yozuvi 2 minutdan 12 minutgacha davom etadi. Ikkilangan
monoxromatorlar ishlatiladi. Nur manbai-cho„g„lanish lampasi. Ish diapazoni
400dan 750nm gacha.
SF-10 va SF-14 2ta nur yo„liga ega.
SF-26 va SF-46 lar esa 1ta nur yo„liga ega.
2-rasm. SF-4 spektrofotometrini optik chizmasi.
1-oynali ob‟ektiv; 2- disperlovchi kvarsli prizma; 3- tirqish(shel); 4-kvarsli
plastinka; 5-nur manbaasi; 6-oynali kondensator; 7-tekis yuzli oyna; 8-shtorka; 9-
fotoelement; 10-kfavsli plastinka; 11-kyuveta; 12-svetofiltr; 13-kvarsli linza.