3. Detektorlar.
Vizual asboblarda detektor vazifasini analiz qiluvchining ko„zi bajaradi. Ammo
inson ko„zi ko„rinuvchan spektral sohanigina sezadi va turli odamda ko„zning
sezgirligi turlicha (ya‟ni moda rangining intensivligini sezishi turlicha) bo„ladi.
Bunday hollarda rang intensivligini baholashda turlicha sub‟ektiv xatoliklarga yo„l
qo„yish mumkin.
Hozirgi zamon asboblarida nur intensivligini o„lchashda detektor sifatida
fotoelementlar
qo„llaniladi. Fotoelementning ishlashi Stoletov qonuniga
asoslangan. Nur ta‟sirida modda sirtidan elektronlar uziladi, natijada modda
zaryadlanadi. Bu hodisa yorug„lik kvanti energiyasi elektronni modda sirtdan uzish
uchun sarflanadigan ishdan va unga beriladigan kinetik energiyadan katta yoki
teng bo„lgandagina amalga oshadi:
Е h
h c
А
Е
уик
кин
Har bir yorug„lik sezuvchi modda uchun nurning ma‟lum to„lqin uzunligi
mavjud, u fotoeffekt hodisasi boshlanadigan fotoeffekt ostonasi deyiladi.
Fotoelementlar ma‟lum to„lqin uzunligidagi elektromagnit nurlariga spektral
sezgirligi va integral sezgirligi bilan xarakterlanadi.
Sezgirlikning spektral taqsimlanishi yorug„lik sezuvchi qatlamning tabiatiga va
haroratga bog„liq bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |