Molekulyar fizika – fizikaviy moddalarning tuzilishi va xossalari , ular tashkil topgan molekulalarning uzluksiz betartib harakatlarining natijasidir deb hisoblanuvchi tasavvurlar asosida o’rganuvchi bo’limdir.
Molekulyar fizikada o’rganilayotgan jarayonlar juda ko’p miqdordagi molekulalar harakatining natijasidir. Ko’p miqdordagi molekulalarning holati qonuni, statistik qonuniyatlar bo’lib, statistik usul bilan o’rganiladi. Bu usul makroskopik sistemaning xossasi , sistemadagi zarralar xususiyati va bu zarralarning dinamik xarakteristikalarining (tezlik, energiya va hokazo) o’rtacha qiymati bilan aniqlanishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |