Shuni xam aytib o’tish kerakki, termodinamik uslublarning qo’llanilishi chegaralangan bo’lib, ular faqat makroskopik jismlar, ya’ni mikrozarralarning etarlicha katta miqdoriga ega bo’lgan jismlargagina qo’llash mumkin. Termodinamik qonunlarni aloxida mikrozarralarga xam, cheksiz koinotga xam qo’llash mumkin emas, chunki bu qonunlar koinotning chegaralangan qismidagi makrojismlarni tajriba qilish yordamida olingan.
Sistema holatini aniqlash uchun zarur bo’lgan makroskopik o’zgaruvchilarining soni sisitemaning turiga bog’liq. Masalan, idishdagi toza gazning holatini tushuntirish uchun uchta o’zgaruvchi hajm; bosim; temperatura kerak bo’ladi.
Sistema xolatini tushuntiradigan bunday turdagi kattaliklar xolat parametrlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |