- Respublikamiz mintaqalarida sug’oriladigan maydonlarning 45 foizi yoki ikki mln gektarga yaqini sho’rlanishga moyil va sho’rlangan yerlar bo’lib, buning asosiy sabablaridan biri yerlarni sug’orish davrida suvlarning ko’p qismi yer ostiga sizilishi va yer osti suvlarining sathi ko’tarilishi natijasida yer yuza qismiga yaqin yer osti suvlarining doimiy ravishda bug’lanib turishi sabab bo’lmoqda. Jumladan, 2018 yil 1 oktyabr holati bo’yicha “Amu-Buxoro” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Viloyat Meliorativ ekspedisiyasi ma’lumotiga ko’ra, Buxoro viloyatida 274612 gektar sug’oriladigan maydonning 85,8 % turli darajada sho’rlangan, jumladan, 61,7 % kuchsiz, 21,7 % o’rtacha, 2,4 % kuchli sho’rlangan yerlar hisoblanadi.
- Tuesday, November 21, 2023
- Bunday hollarda, chuchuk suv zaxiralarini shakllantirishda amaliy nuqtai nazardan dolzarb vazifa yer osti suvli qatlamda suv sathi va tuz konsentrasiyasi o’zgarishi jarayonini tadqiq etishdir. Yer osti suvlari harakati hamda tuz ko’chish masalalarida yer osti sizot suvlari sathining o’zgarishi va minerallashuv jarayonlaridagi bog’liqliklarni birgalikda ko’rib chiqish zarur. Yer osti sizot suvi sathi va tuz konsentrasiyasining o’zgarish jarayonini batafsil va har tomonlama o’rganish uchun obyektning asosiy xususiyatlarini tavsiflaydigan takomillashtirilgan matematik modelni ishlab chiqish kerak. Bunda geofiltrasiya jarayonlarini matematik modellashtirish orqali monitoring va bashorat qilish hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqish uchun ushbu muammo nochiziqli differensial tenglamalar sistemasi ko’rinishida quyidagicha ifodalanadi [1, -208 b; 4, 140-143 b; 85, 46-50 b; 109, 1-11 b.; 70, 216-132 b.; 68, 12 – 31 b.; 36, 73-76 b.]:
- Tuesday, November 21, 2023
- Tuesday, November 21, 2023
- Tuesday, November 21, 2023
- Tuesday, November 21, 2023
- Tuesday, November 21, 2023
- Tuesday, November 21, 2023
- tengliklar kabi shakllantiriladi.
- Shuni ta’kidlash zarurki, A.A.Sxay, K.B.Koshelev, N.Yu.Kimlarning tadqiqot izlanishlarida geofiltrasiya modellariga asoslanuvchi yer osti va yer usti suvlari harakatining matematik modellari tahlili keltirilgan [92, 39-41 b.]. Ye.D.Kosheleva, K.B.Koshelevlarning tadqiqot ishlarida daryo havzasida yer osti va yer usti suvlarining birgalikda harakatini tadqiq qilish va bashorat qilish, shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun matematik model, sonli hisoblash algoritmi va dasturiy vosita keltirilgan [51, 12-16 b.]. F.B.Abutaliyev va E.B.Abutaliyevlar tomonidan sizot suvlari sathining o’zgarishini hisoblash va bashorat qilish uchun o’rganilayotgan obyektning gidrodinamik xarakteriga bog’liq bo’lgan matematik model ishlab chiqilgan [2, – 196 b.]. A.A.Kashevarov tomonidan stasionar bo’lmagan masalalarni sonli yechish hamda yer osti va yer usti suvlari sifatini kuzatish uchun tuz ko’chish harakatini tadqiq qilishning matematik modeli taklif qilingan [47, 96-105 b.].
- Tuesday, November 21, 2023
Do'stlaringiz bilan baham: |