6 Ma’ruza Yorug’lik nuri Reja


Yorug’lik to’lqinlarining interferensiyasini kuzatish usullari


Download 445.11 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi445.11 Kb.
#1521810
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6 - Маъруза

6.4 Yorug’lik to’lqinlarining interferensiyasini kuzatish usullari
Yung usuli
M manba’dan chiqqan monoxromatik yorug’lik to’lqini S tor tirqishli 1 ekranga tushadi (6.2 - rasm) va undan o’tib S1 va S2 tirqishli 2 ekranga tushadi.

6.2 – rasm. Yorug’lik to’lqinlari interferensiyasini kuzatishning Yung usuli
Bu ikki tirqish ikkita kogerent to’lqinlar manba’i hisoblanadi. S1 va S2 tirqichdan chiqqan kogerent to’lqinlar E ekranda bir-birini ustiga tushib VS sohada interferensiya manzarasini hosil qiladi. VS sohadagi yoritilganlik taqsimoti 6.3 - rasmda keltirilgan.
V S
6.3 – rasm. Yung usulidagi interferensiya manzarasi


Biprizmadagi Frenel tajribasi
Biprizma – uch tomonli shisha prizmadan iborat bo’lib, uning tomonlari orasidagi bitta burchagi 180o ga yaqin bo’ladi (6.4 – rasm).
M manba’dan yorug’lik to’lqinlari biprizmaga tushadi, biprizmaning chap tarafi yorug’lik to’lqinlarini o’ng tomonga og’dirib ekranning AA nuqtalari orasiga yo’naltiradi. Biprizmaning o’ng tarafi yorug’lik to’lqinlarini chap tarafga og’dirib ekranning VV nuqtalari orasiga yo’naltiradi. Yorug’lik nurlarini orqaga qaytarib M1 va M2 mavhum tasvirlarni hosil qilamiz va ekranda esa yorug’lik to’lqinlarining interferensiya manzarasini kuzatamiz.

6.4 – rasm. Biprizmadagi Frenel tajribasi


6.5. Yorug’lik difraksiyasi
To’siqlarni to’lqinlar aylanib o’tish hodisasi yorug’likning difraksiyasi deb ataladi. Optikada, bu hodisa yorug’likning geometrik soya sohalariga kirishini bildiradi.
Yorug’lik difraksiyasini o’rganish mohiyati faqat yorug’lik va soya oralaridagi o’tkinchi sohani o’rganish bilan cheklanmaydi. Difraksiya nazariyasi to’lqin nazariyasini geometrik optika qoidalari bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi.

6.5 – rasm. Ikkilamchi sferik to’lqinlar manba’larini xosil bo’lishi

Download 445.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling