6. mashg‘ulot. Selektsiyalangan sharob achitqilari va so
Download 19.33 Kb.
|
6 amaliy SELEKTSIYALANGAN SHAROB ACHITQILARI VA SO2 SULFIT ANGIDRIDI (3)
Ishni bajarish tartibi. Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan eritmalar quyidagicha tayyorlanadi.
0,02 n – li yod eritmasini tayyorlash. Hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga pipetka yordamida 50 ml kaliy bixromat (1,9615 g kaliy bixromat tuzini 1 l distirlangan suvdagi eritmasi) eritmasidan solinadi va uning ustiga 10 ml kontsentrlangan xlorid kislotasi va 0,5 g kaliy yod tuzidan solinadi. Kolbaning ichidagi suyuqlik 100 ml bo‘lguncha ustiga distirlangan suv solinadi. Yod eritmasi tez o‘zgaruvchan bo‘lganligi uchun har bir tajribadan oldin tayyorlanadi. 1%-li kraxmal eritmasini tayyorlash kolbaga 100 ml distirlangan suv solinib qaynatiladi va uning ustiga 1 gr kraxmal kolbadagi issiq suvga solmasdan oldin bir qism sovuq suv bilan aralashtiriladi. Kaliy yoki natriy ishqori eritmasini tayyorlash 40 gr natriy yoki 56 gr kaliy 1 l distirlangan suvga eritiladi. Sulfat kislotasini suyultirilgan (1:3) eritmasini tayyorlash. Zichligi (1,83-1,84) bo‘lgan sulfat kislotasining olingan miqdoriga uch qism distirlangan suv qo‘shiladi. Tajriba bajarish uchun eritmalar tayyorlanganidan so‘ng sharob yoki sharbat tarkibidagi sulfat kislotasini miqdorini aniqlashga kiritiladi. Erkin sulfat kislotasi miqdorini aniqlash uchun sig‘imi 100-200 ml bo‘lgan konussimon kolbaga 25 ml ishqor eritmasi va 50 ml (25 ml sharbat) sharob solinadi va uning ustiga 10 ml suyultirilgan sulfat kislotasi eritmasi 0,51 ml 1%-li kraxmal eritmasi solinib, 0,02 n li yod eritmasi bilan aralashtirib turib titrlanadi. Titrlash eritma rangi ko‘k rangga o‘tganda to‘xtatiladi. Erkin sulfat kislotasi miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi. Bu erda 0,64 – 1 ml 0,02 n li yod eritmasiga to‘g‘ri keluvchi SO2 ni miqdori; V – sharob yoki sharbatni titrlash uchun sarf bo‘lgan 0,02 n li yod eritmasi miqdori, ml; K – 1 litr sharob yoki sharbatga o‘tish koeffitsienti, K=40 sharbat uchun. Umumiy sulfat kislota miqdorini aniqlash uchun sig‘imi 100-200 ml bo‘lgan konussimon kolbaga 25 ml ishqor eritmasi va uning ustiga 50 ml sharob (25 ml sharbat) solib aralashtiriladi va 15 minut quyiladi. Shu vaqt tugaganidan so‘ng eritma ustiga 10 ml suyultirilgan sulfat kislotasi eritmasi va indikator 1%-li kraxmal eritmasi solinib, 0,02 n li yod eritmasi bilan eritma o‘zgarmaydigan ko‘k rangga o‘tguncha titrlanadi. Titrlash tugaganidan so‘ng yuqoridagi formula orqali umumiy sulfat kislota miqdori hisoblanadi. Download 19.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling