6-Mavzu : 1-2 sinflarda musiqa darslarini tashkil etish usullari


Download 135.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi135.67 Kb.
#1619937
1   2
Bog'liq
6-Mavzu 1-2 sinflarda musiqa darslarini tashkil etish usullari

Ijro ifodaviyligi ustida ishlash. Qo‘shiqni o‘rganish jarayonining 
boshidan to oxirigacha ijroni ifodaviyligiga ahamiyat berish kerak. Ko‘pchilik 
mutaxassislarning fikriga ko‘ra, o‘quvchilar qo‘shiqning so‘zlari bilan kuyini 
to‘liq o‘zlashtirib bo‘lganlaridan so‘ngina ifodaviylikka erishishi mumkin ekan. 
Bu holda o‘quvchilar o‘z diqqatlarini so‘zlarni va kuyini qanday kuylashga emas, 
balki qo‘shiqning mazmunini ochib berishga qaratadilar. Ifodali kuylashni 
o‘qituvchining asarning kompozitori va shoiri, uning yaralish tarixi hamda 
tarbiyaviy ahamiyati haqidagi kirish so‘zi ham ta`minlab beradi. 
1-sinfda musiqa savodi 
Yuqoridagi bo‘limlardan ko‘rib turibmizki, musiqa savodi barcha 
faoliyatlarni birlashtiruvchi va o‘quvchilarning ijodkorligini, ijro mahoratini 
oshiruvchi jarayondir. Shuning uchun bu jarayonni alohida mustaqil faoliyat 


sifatida ko‘rib bo‘lmaydi. 
Birinchi sinflarda musiqa savodi jarayonini hamma o‘qituvchilar har xil 
mavzularni o‘rgatishdan boshlaydi. Kimdir tovushlar harakatidan, kimdir 
tovushlar balandligi, uzunligi va boshqalardan boshlaydi. Ayrim o‘qituvchilar 
musiqa savodi jarayonini musiqiy registrlarni o‘rgatishdan boshlaydi. Qanday 
mavzudan boshlashidan qat`iy nazar o‘qituvchi musiqa savodini boshqa 
faoliyatlar bilan uzviy boo‘lashi kerak. Kuylashda tovushlar harakati, balandligi, 
cho‘zimi haqida tushuntirsa, tinglashda ritm, metr, dinamika, o‘lchov va 
boshqalar haqida ma`lumot beradi. 
Bolalarga tovushlar harakatini qo‘l yordamida tushuntirish ham yaxshi 
natija beradi. Ularga beshta barmoqlarimizni nota chiziqlariga qiyoslab notalar 
joylashuvini o‘rgatish mumkin. Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqa 
darsliklarida kerakli mavzularni o‘zlashtirish uchun barcha ma`lumotlar, 
ko‘rgazmalar keltirilgan bo‘lib, ularni bolalar o‘qituvchilari yordamida bemalol 
o‘zlashtiradilar. 
Muhimi 
birinchi 
sinf 
o‘quvchilari "yuqori"ga va "pastga" 
harakatlanish tushunchalarini to‘liq o‘zlashtirishlari lozim. Buni amalga 
oshirishga "zinapoya» yordam 
beradi.
O‘quvchilar zinapoya
yordamida tovushlarni pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga 
bemalol kuylay oladilar. O‘quv dasturiga ko‘ra birinchi sinf 
o‘quvchilari 
tovushlar nomi, uzunligi, balandligi, ritmi, metr tushunchalarini, nota yozuvi 
haqida tushunchalarni egallashlari kerak. Maktabga kelgan bolalar uchun bu 
biroz murakkab bo‘lsada, mahoratli o‘qituvchi bu vazifalarni bemalol uddalay 
oladi. Birinchi darslardanoq nota yozuvi va unda notalar joylashuvi sekin-asta
o‘rgatilib, kuylatib borilsa, 
bu vazifalar hech 
qanday 
qiyinchilik uyg‘otmaydi. 
Tovushlar balandligi haqida tushunchalar quyidagicha beriladi: 
1) baland, past va o‘rta tovushlar - registr haqida tushunchalar berish
2) bir xil balandlikdagi tovushni yuqoriga va pastga harakati haqida 
tushuncha berish; 
3) bosqichma-bosqich harakat (zinapoya) 
4) har xil balandlikdagi tovushlar turlicha nomlanadi : do,re,mi 
5) tugallanganlik va tugallanmaganlik (turg‘un va noturg‘un) va tonika 
tushunchalari beriladi; 
6) tanish bo‘lgan kuylar orqali major va minor ladlari haqida tushunchalar 
beriladi. 
Yuqoridagi 
barcha beriladigan 
tushunchalar darsdagi 
musiqiy 
faoliyatlar jarayonida mustahkamlanib boriladi. 
Tovushlar uzunligi haqida tushunchalar quyidagicha beriladi: 


1) uzun va qisqa tovushlar qarama-qarshi ohangda beriladi; 


2) eng ko‘p qo‘llaniladigan uzunliklar chorak va 
nimchorak notalar har xil sharli bo‘g‘inlar, qarsaklar orqali 
tushuntiriladi. 

Download 135.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling