Xalq musiqa ijodi
Download 48.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-ma\'ruza
XI. Ma’ruzalar matni Kirish “Xalq musiqa ijodi” o’quv fanining asosiy maqsadi — uzoq asrlar davomida o’zbek xalqi bilan yonma-yon yashab kelayotgan hamda tarixi, e’tiqodlari, madaniyat va ma’naviyat sohalari, shu jumladan badiiy ijodiyot shakllari ko’p jihatdan o’zaro yaqin bo’lgan tojik, turkman, qozoq, qirg’iz, uyg’ur, qoraqalpoq xalqlarining musiqa merosi haqida talabalarga bilim berishdan iborat. Ushbu fan mavzularini o’zlashtirish jarayonida “An’anaviy xonandalik”, “An’anaviy sozandalik” hamda“Xalq cholg’ulari” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar Markaziy Osiyo xalqlarining har biri o’zgacha bo’lgan musiqiy an’ana va o’ziga xos uslublari bilan tanishib chiqadilar. Mazkur fan “Folklor amaliyoti”, “O’zbek an’anaviy musiqa asoslari”, shuningdek, boshqa maxsus musiqa fanlari bilan aloqador bo’lib, talabalarning an’anaviy musiqa haqidagi umumiy tushuncha va tassavurlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Dasturda o’rin olgan mavzular debocha va ikkita asosiy qismda jamlangan. 1- asosiy qismda talabalar Markaziy Osiyo xalqlari an’anaviy musiqa shakllari bilan tarixiy-nazariy va amaliy mashg’ulotlar jarayonida bevosita tanishib oladilar. Bunda ularga har bir xalq madaniyatining tarixi, milliy musiqa sozlari va cholg’u kuylari, qo’shiq va ashulachiligi, professional musiqa san’ati namunalari hamda ustoz-san’atkorlar ijodiy merosi to’g’risida ma’lumot beriladi. 2-qismda talabalar an’anaviy musiqa ijodining yuzaga kelishi, uning turli davrlarda yangilanishi, mazkur jarayonga asos bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy omillarning o’zgarib borishi haqidagi xulosalarga ega bo’ladilar. O’quv jarayoni muallim ma’ruzalarini hamda musiqa namunalarini tinglash, muayyan mavzular bo’yicha seminar darslariga tayyorgarlik ko’rish, shuningdek musiqa namuna va shakllarini mustaqil tarzda o’zlashtirish kabi ko’rinishlarda o’tadi. “Xalq musiqa ijodi” fani bo’yicha mashg’ulotlar yakuniy reyting nazorati o’tkazish bilan tugatiladi. Talabalar quyidagi yo’nalishlarda bilim va ko’nikmalarga ega bo’lganliklarini namoyish etishlari zarur: - turkman, tojik, uyg’ur, qozoq, qirg’iz, qoraqalpok milliy musiqa sozlari va cholg’u kuylari, qo’shiq va ashulachiligi, professional musiqa san’ati janrlari haqidagi umumiy ma’lumotlar; - musiqiy folkloristika fani tarixini bilish; -O’rta Osiyo xalqlari musiqa cholg’ularini bilish. Download 48.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling