REJA:
1. Dastlab o’zbek falsafasining o’rta
asrlardagi tasviri
2. Falsafiy oqim va diniy ma’naviy
hodisa
tariqatlari
3. Dunyoviy bilimlar va islomiy
qadriyatlar uyg’unligi
4. Mustaqillik davri va qadriyatlar
Ushbu davr arab davlati istilosi va mamlakatimizda islom dinining
taraqqiy etishi bilan uzviy bog’liq, albatta. Bu
falsafa faqatgina arablar
madaniyatining bir qismi bo’libgina qolmay, balki Vatanimiz farzandlari
ulug’ bobokalonlarimizning islom dini, islom
falsafasi va uning jahon
svilizatsiyasiga ta’sir ko’rsatgan ta’limotlarini qamrab oluvchi davr
falsafasi hamdir.
Ozodlik uchun bo’lgan kurash aks etgan,
xalqimiz madaniyati va
ma’naviyati yaqqol aks etgan hamda milliy qahramonlarimizning keng
xalq ommasiga bosh bo’lib ularni ruhlantirgan va ezgu g’oyalarga
yo’g’rilgan davr falsafasidir.
Bu davrda Markaziy Osiyo hududi Xorazm, Sug’d, Farg’ona,
Usrushana, Chag’oniyon kabi o’lkalardan
tashkil topgan edi va Sharq
bilan G’arb mamlakatlarini bog’lab turuvchi “Ipak yo’li” markazida
joylashgan va madaniy jihatdan ancha rivojlangan, qishloq xo’jaligi,
hunarmandchiligi
serqirra, yaqin va uzoq mamlakatlar bilan savdo sotiq
aloqalari avj olgan mintaqalardan iborat bo’lgan.