15. Mamlakat rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari?
A. Aholi jon boshiga o’rtacha daromad
B. Aholi jon boshiga YAIM hajmi
C. Mamlakat YAMD hajmi
D. Sof mahsulot
16. Har bir inson o’zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta‘minlash uchun zarur bo’lgan turmush darajasiga ega bo’lishi, jumladan, turar-joyiga ega bo’lish huquqiga egadir. Ushbu modda qaysi qonun hujjatida aks etgan?
A. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
B. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
C. Mehnat kodeksi
D. BMT rezolyutsiyalari
17. Tug’ilgandan kutilayotgan umr ko’rish davomiyligi chegaraviy qiymati necha yoshdan kam emas?
A. 75 dan kam emas
B. 65 dan kam emas
C. 60 dan kam emas
B. 55 dan kam emas
18. Aholi daromadlari nima?
A.Yalpi milliy mahsulot
B. Sof milliy mahsulot
C. Yalpi milliy daromad
D. Ma’lum vaqt ichida aholi ixtiyoriga keladigan pul mablag’ari
19. Ish haqi nima?
A. Ishchi kuchi qiymati
B. Ishchi kuchining iste’mol qiymati
C. Ishchi kuchining qiymati va iste’mol qiymati
D. Ishchi kuchi ishlab chiqargan iste’mol qiymati.
20. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori ish haqi darajasi nimaga bog’liq?
A. Ish haqining eng kam darajasiga bog’liq
B. Hukumat choralariga
C. Mehnat unumdorligiga
D. Korxona rahbariyatiga.
21. Qay vaqtda ishchining real ish haqi oshadi?
A. Oylik nominal ish haqi oshganda
B. Mahsulot qiymati oshganda
C. nominal ish haqi kamayganda
D. Nominal ish haqi oshib mahsulot narxi oshmaganda.
22. Nominal va real daromad farqi nimada?
A. Ularning hajmida
B. Ularning tarkibida
C. Ularning bahosida
D. Tovar va хizmatlar bahosida yuz bergan o‘zgarishlarda
23. Mehnat haqi metodologiyasi masalalari bilan qaysi tashkilot shug’ullanadi?
A. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
B. Iqtisodiyot vazirligi
C. Sog’liqni saqlash vazirligi
D. Moliya vazirligi
Do'stlaringiz bilan baham: |