6-Mavzu. Alisher Navoiy she’riyati va janrlar poetikasi
"Arba`in hadis" yoki "Arba`in"
Download 398.19 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu. P-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Al-ilmula yahillu man`hu"
"Arba`in hadis" yoki "Arba`in". "Qirq hadis" deb nomlangan bu asar
886 hijriy - 1481 melodiy yilda yozilgan bo’lib, uning yozilish sabablari Alisher Navoiyning "Xamsat ul-mutahayyirin" asarida shunday bayon qilingan: "Ul vaqtdakim alar (Abdurahmon Jomiy) "Arba`in hadis"ni forsiy nazm bila tarjima qilib erdilar va ma`hud odat bila borcha ashobdin burunroq faqirg’a iltifot qilib, musavvadasin (qo’lyozmasini) berdilar, chun mutolaasig’a mashg’ul bo’ldum… hamul "Arba`in"g’a turkicha til bila tarjima orzusi ko’ngulga tushti. Alardin ruxsat sharafiga musharraf bo’lg’ondin so’ngra hamul kun ul samin javohir nazm silkiga kirdi" [15-tom, 55]. Alisher Navoiyning "Arba`in hadis" asarida Rasululloh Muhammad (s.a.s.)ning qirqta saheh hadislari to’rt misradan iborat qit`a shaklida she`riy tarzda sharhlangan. Hadislarni sharhlashdan kuzatilgan asosiy maqsadni Alisher Navoiy "Arba`in" uchun masnaviy shaklida yozgan kirish qismida shunday bayon etgan: Ul Rasule ki ham kalomi faseh, Elga tegurdi ham hadisi saheh. To ulus jahldin xalos bo’lub, Ilm xilvatgahiga xos bo’lub, Chun tamuqdin najot topqaylar, Ujmoq ichra hayot topqaylar. [16-tom, 261] Demak, asar xalqni jaholatdan qutulib, ilmli va ma`rifatli bo’lishi kerakligi kabi olijanob niyat bilan yozilgan. Darhaqiqat, asarda pand-nasihat mavzusidagi qirqta hadis tanlanib, ular nihoyatda katta mahorat bilan o’zbek tiliga talqin qilingan. Ayrim misollarni ko’rib o’tamiz: 1. "Al-ilmula yahillu man`hu", ya`ni ilm o’rganishga mone`lik qilma. Abdurahmon Jomiyning sharhi: Ey garonmoya mardi donishmand, Ki turo ilmi din buvad ma`lum. Musta`idro az on mashav mone`, Mustahiqro az on makun mahrum. Alisher Navoiyning tarjima-sharhi: Ey xiradmand olimeki sanga Ilmdin ro’ziy ayladi sone`. Kishi o’rgansa, qilmag’il mahrum, Yoki naf` olsa, bo’lmag’il mone`. [16-tom, 268] Keltirilgan misolda arab, fors va turkiy tillar qatnashmoqda. Arab tilidagi matn nihoyatda ixcham bo’lib, to’rt so’zdan tashkil topgan. Jomiy va Navoiy misralari asliy matnning so’zma-so’z tarjimasi bo’lmay, balki badiiyat qonuniyati asosida amalga oshirilgan to’rt misralik qit`a talablariga muvofiq mufassal sharhlardir, ularda qofiya bor, vazn bor. Jomiy va Navoiy sharh-qit`alarining birinchi baytida olim-donishmandga murojaat qilish bor. Bu murojaat asl matnda yo’q, demak u sharhlovchilarning ilovasi. qit`alarning ikkinchi baytida esa hadisning mazmuni qamrab olinib, ular asosiy maqsadni ifodalovchi yakuniy baytga aylanganlar. Shunday qilib, bu sharhlar hadis ruhidagi mustaqil, axloqiy mavzudagi qit`alar shaklini olgan. Download 398.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling