6-Mavzu. Alisher Navoiy she’riyati va janrlar poetikasi


"Xayr un-nasi man yanfa`u li-n-nasi"


Download 398.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi398.19 Kb.
#1619871
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-Mavzu. P-5

2. "Xayr un-nasi man yanfa`u li-n-nasi", ya`ni insonlarning yaxshisi 
insonlarga foydasi tegadiganidir. 
Aburahmon Jomiyning sharhi: 
Ey ki pursi, ki behtarin kas kist? 
Go’yam az qavli behtarin kason: 
Behtarin kas kase buvad, ki zi xalq 
Besh boshad ba xalq naf`rason. 
Alisher Navoiyning tarjima-sharhi: 
Xalq aro yaxshiroq, deding kimdur? 
Eshitib, ayla shubha raf` andin. 
Yaxshiroq bil ani ulus arokim, 
Yetsa ko’prak ulusqa naf` andin . [16-tom, 266] 
Shunday qilib, Alisher Navoiyning "Arba`in hadis" yoki "Arba`in" deb 
ataluvchi asari hadislar misolida muallifning hayot va insoniylikka doir mulohaza 
va mushohadalarini yaqqol gavdalantiradi. 
"Nazm ul-javohir". "Tizilgan gavharlar" ma`nosini anglatuvchi bu asar 
hijriy 890 (1485) yilda yozilib, Sulton Husayn Boyqaroga bag’ishlangan. 
Asar nasriy debocha bilan boshlanib, 255 ruboiydan iborat. ("Makorim ul-
axloq" da 260 ruboiy deb ko’rsatilgan). Alisher Navoiyning uqtirishicha, asarning 
yozilishiga sabab bo’lgan manba hazrat Alining "Nasr ul-laoliy" nomli hikmatli 
so’zlar to’plamidir: "Parishon xotirg’a… bu orzu… erdikim,- deb yozadi Alisher 
Navoiy,- turkiy tili bilan men ham ul laolini orasta qilg’ayman… to andin turk 
ulusig’a ham hazzi shofi va bahrai vofi muyassar bo’lg’ay" ( MAT. 15-tom, 128-
bet). Ana shu orzuni Alisher Navoiy amalga oshirib, "Nasr ul-laoli"dagi hikmatli 
so’zlarni o’zbek tiliga ruboiy tarzida o’giradi. "har ruboiyning to’rtalasi misra`ini 
muqaffoi muraddaf mar`i tutuldi" (135-bet). Darhaqiqat asardagi 255 ruboiyning 
hammasi tarona shaklidadir. 
Asarda avval Hazrat Alining hikmatli so’zi arab tilida keltiriladi. So’ng esa 
uning Alisher Navoiy tomonidan amalga oshirilgan sharhi beriladi. 


Ruboiylarda adolat va imonlilik, saxiylik va ilmlilik, do’stlik va muruvvat
ota-ona hurmati kabi masalalar yoritilgan. Fikrimizning tasdig’i uchun bir necha 
ruboiyni misol tarzida keltirish mumkin:
"Zarb ul-lisani ashaddu min ta`n us-sinani" - Tilning zarbi (jarohati) 
nayzaning zarbidan shiddatliroqdir. 
Alisher Navoiyning sharhi: 
Chun sinsa ko’ngul zaxmi zabon og’rig’idin, 
Kim, ermas aning og’rig’i jon og’rig’idin, 
Har neki sanga etar lison og’rig’idin, 
Bilgilki, qatig’durur sinon og’rig’idin. [15-tom, 160] 
Izoh: Ikkinchi misra boshidagi so’z "kim" emas, "kam" bo’lishi kerak. Shunda misra mantiq 
hamda yuqoridagi hikmatga muvofiq bo’ladi. 
Qardoshing emas ulki qo’yub bosh sanga, 
Davlat chog’i qilg’ay o’zni yo’ldosh sanga. 
Kim qildi qatig’lig’da vafo bosh sanga, 
Ul bo’ldi haqiqat ichra qardosh sanga. [15-tom, 137] 
Farzand ato qullug’in chu odat qilg’ay, 
Ul odat ila kasbi saodat qilg’ay. 
Har kimki, atog’a ko’p rioyat qilg’ay, 
O’g’lidin anga bu ish siroyat qilg’ay. [15-tom, 151] 
Xub el bila suhbat tutubon xub o’lg’il, 
Yaxshini talab qilg’ilu matlub o’lg’il, 
Shirin so’z ila xalqqa marg’ub o’lg’il. 
Yumshoq de hadisingniyu mahbub o’lg’il. [15-tom, 171] 
Demak, Alisher Navoiy islomiy tamaddun manbalarida insonni komil 
bo’lishlikka da`vat etuvchi barcha ezgu fikrlarni turli shaklda xalqqa etkazishga 
hormay-tolmay ijodiy mehnat qilgan. 



Download 398.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling