Izohlashga va muallifning fikrlarini etkazishga imkon beradigan izchil va tartibli iboralar va so'zlar to'plami
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
1-joriy
1-joriy nazorat 1-topshiriq. 1.Matn bu - izohlashga va muallifning fikrlarini etkazishga imkon beradigan izchil va tartibli iboralar va so'zlar to'plami .Matn so'zi lotin tilidan kelib chiqqan matn bu to'qima degan ma'noni anglatadi.Matnlarni adabiy mualliflar, olimlar yoki jurnalistlar yaratadi, deb tez-tez o'ylashsa ham, haqiqat shundaki, o'qish va yozishni biladigan har qanday kishi matn yozishi mumkin. Tezkor xabar, retsept, elektron pochtaning asosiy qismi ba'zi xususiyatlarga javob beradigan bo'lsa, matndan iborat. 2. Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona fikrning o‘zi yo‘q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o‘zining bosh ob’ekti – matnning umume’tirof etilgan ta’rifiga ega emas va bu yo‘nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning nima ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki xususiyatlar bilan xarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.” Biz ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-xususiyatlariga to‘xtalishini maqsadga muvofiq deb bildik. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaxassislar o‘rtasida yagona fikr yo‘q, aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki xil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaxlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini aniqlashda barcha matnlar uchun xos bo‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida qayd etadi. Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida ilk o‘laroq batafsil o‘rganganlardan biri I.R.Galperin “matnning ontologik va funksional belgilarini namoyon etadigan etakchi jihatlar”dan biri sifatida “yozma hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir.Ammo matnning yozma yoki og‘zakiligi uning ontologiyasi va funksiyasiga nechog‘lik bog‘liq yoki bog‘liq emasligi muallif tomonidan aniq- tiniq ko‘rsatib berilmagan. 3.4.Matn ikki turga bo’linadi hajmiga ko’ra va ifoda mazmuniga ko’ra.Hajmiga ko’ra ham ikkiga bo’linadi birinchisi mikromatn bu o’z ichiga matallar, maqollar, latifalarni qamrab oladi. Ikkinchisi esa makromatn bu matn turiga hikoyalar, qissalar , romanlar va dostonlar kiradi. Endi ifoda mazmuniga ko’ra esa har hil tasviriy axborotlar , fantastik , dedektiv asarlar kiradi. 5. Hajm belgisiga ko‘ra matnlar ikki xil bo‘ladi: 1. Makromatn bir umumiy mazmun ostida birlashgan bir necha mikro matnlardan tashkil topuvchi yaxlit asardir. Masala: Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida ishtirok etgan barcha mikro matnlar “o‘g‘irlik” umumiy mavzusi ostida birlashgan. 2. Mikromatn bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasidir. 6. Makromatnning eng kichik birligi abzatsdir. Abzats bir mazmuniy butunlik bo‘lib «matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bo‘lgan qismi» hisoblanadi. Abzats qisqa xabar (abzatsda aytilmoqchi bo‘lgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), oldingi xabar bilan Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling