Izohlashga va muallifning fikrlarini etkazishga imkon beradigan izchil va tartibli iboralar va so'zlar to'plami
keyingi xabarni bog‘lovchi vositalar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
1-joriy
keyingi xabarni bog‘lovchi vositalar (bog‘lovchi vositalar abzatsni o‘zidan oldingi abzatsga
bog‘laydi, shuningdek, abzats ichidagi xabar jumlalarini bir-biriga bog‘laydi), xabarning to‘ldirilishi (dastlabki xabar to‘ldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va xulosa (xabar yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni o‘z ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qo‘llanmasida abzatsni tashkil etgan gaplar o‘zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytiladi. Shuningdek, abzatslarning strukturasiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlari mavjudligi sanab o‘tiladi: 1) Sodda gapdan iborat bo‘lgan abzatslar; 2) Qo‘shma gapdan iborat bo‘ladigan abzatslar; 3) Periodik nutq formasidan iborat bo‘lgan abzatslar; 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo‘lgan abzatslar; 5) Ko‘chirma-o‘zga gapli abzatslar. Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzatslarni ham kiritish mumkin. 7. Abzatsdagi «xabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha thema – asos bo‘lgan narsa) deb gapning aktual bo‘linishida so‘zlovchi va tinglovchi (o‘quvchi) uchun ma’lum (tanish) bo‘lgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga o‘tish uchun asos xizmatini bajaruvchi qismga aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, sharh) esa temadan keyin kelib so‘zlovchi tinglovchiga (o‘quvchiga) bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan yangi xabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi ma’lumot (axborot) qismi. Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida keladi: Ahmad //darsga kelmadi. Sotvoldi // nima qilishini, qayoqqa borishini bilmay, hayron turardi. U // Sotvoldining dadasi To‘lagan edi. 8. Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan o‘tgan yoki o‘zimiz guvoh bo‘lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo‘lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir informatsiyani tinglovchiga etkazishga qaratilgan bo‘ladi. SHu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli ko‘rsatma, ta’qiq va xitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag‘a ba’zan o‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. Shundan kelib chiqib matnni, xususan, badiiy matnni quyidagi tiplarga bo‘lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Xabar mazmunli matn. 6.Buyruq mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn. 2-topshiriq. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling