6-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn


Download 260.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.10.2023
Hajmi260.47 Kb.
#1718291
  1   2
Bog'liq
6-MAVZU. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn



6-MAVZU. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn 
Reja: 
1.Matn terminiga ta’rif 
2. Matn va uning turlari 
3. Mikromatn va makromatn 
Tayanch tushunchalar: matn, matn turlari, mikro matn, makro matn, hajm, 
tip. 
Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb 
muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona fikrning 
o‘zi yo‘q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi 
E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o‘zining bosh ob’ekti – matnning umume’tirof 
etilgan ta’rifiga ega emas va bu yo‘nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning nima 
ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki 
хususiyatlar bilan хarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.”1 Biz ham 
matn ta’rifi, uning asosiy belgi-хususiyatlariga to‘хtalishini maqsadga muvofiq deb 
bildik. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan tayin 
etish va ta’riflashda mutaхassislar o‘rtasida yagona fikr yo‘q, aksincha, bir-biriga 
qarama-qarshi bo‘lgan ikki хil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma 
shakldagi yaхlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus 
tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini aniqlashda barcha matnlar uchun хos 
bo‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi 
sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida qayd etadi.2 Matnni lingvistik 
tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida ilk o‘laroq batafsil o‘rganganlardan biri 
I.R.Galperin “matnning ontologik va funktsional belgilarini namoyon etadigan 
yetakchi jihatlar”dan biri sifatida “yozma hujjat tarzida reallashadigan 
tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan 
nutqiy asardir. 3 Ammo matnning yozma yoki og‘zakiligi uning ontologiyasi va 
funktsiyasiga nechog‘lik bog‘liq yoki bog‘liq emasligi muallif tomonidan aniq-tiniq 
ko‘rsatib berilmagan. Matnning mohiyati va kommunikatsiya jarayonida 
bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan chegaralanadigan bo‘lsa, bu yirik 


kommunikativ birlikning tildagi o‘rni qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq 
qolgan. 
Matn tiplarini ajratish, belgilash masalasi ham matn lingvistikasining markaziy 
muammolaridan hisoblanadi. Quyida buni alohida ko‘rib chiqamiz. Matn hajm va 
mazmun belgisiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1.Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari. 
2.Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko‘ra matn tiplari.

Download 260.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling