6-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari
Diagnostik-korreksion ishning o`tkazish bosqichlari
Download 351.23 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Mavzu
6.Diagnostik-korreksion ishning o`tkazish bosqichlari Psixologik xizmat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korreksion ish haqida gapirish mumkin emas. Psixologik xizmatda diagnostik-rivojlantiruvchi yo`nalishlar ishning yagona yo`nalishlardir. D.B. Elkoninning ta'kidlashicha, bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chetlashishlarni tuzatish maqsadida psixik taraqqiyotni nazorat qilishga yo`naltirilgan maxsus diagnostika zarur. Uning fikricha, taraqqiyotda bo`lishi mumkin bo`lgan chetlashishlarni ertaroq tuzatish uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish zarur. Amaliyotchi psixolog faqatgina diagnoz qo`yish bilan cheklanmasdan, keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqadi, o`zi bergan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi, korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni o`zi ham olib beradi. Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion ishi murakkab faoliyat turlaridan biri bo`lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi bilan birga, kam o`rganilgandir. Bu jarayon birinchi bo`lib, tarbiyasi qiyin va normal bolalarni o`rganishga bag`ishlangan pedalogik tadqiqotlarda L.S. Vo`gotskiy tomonidan qo`llangan. I. Shvantsara shaxs taraqqiyotini diagnostika qilishning bosqichli eksperimental-psixologik nuqtai nazarini taklif etadi. Bu bosqichlar quyidagilar: 1. Psixologga rasmiy iltimos. 2. Psixologik muammoni aniqlash. 3. Tadqiqot metodini tanlash. 4. Psixologik diagnoz qo`yish. 5. Amaliy tavsiyalar. Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi nuqtai nazar sifatida psixologning yoki o`qituvchining tarbiyasi qiyin o`quvchiga nibatan ma'lum ijtimoiy talabiga javobini ko`rsatish mumkin. Bu holda o`quvchiga «tarbiyasi qiyin» tashxisi o`qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga yetmaganlar ishi bo`yicha nazorat xodimlari tomonidan qo`yilgan bo`ladi. Psixologning vazifasi - qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish (korreksiya) metodlarini topishdan iborat. Eksperimental-psixologik tadqiqot o`tkazishdan oldin pedagog- tadqiqotchi bola bilan suhbatlashadi. Bunda u bola bilan ijobiy hissiy aloqa o`rnatib bajariladigan topshiriqning maqsad va vazifalarni tushuntirib beradi. Suhbat psixologik tadqiqot metodi sifatida bola haqida ma'lumot olishga imkon beradi. Suhbat oldindan tayyorlangan savollar asosida o`tkazilishi yoki ixtiyorsiz xarakter kasb etishi mumkin. Bunda tadqiqotchi suhbat jarayonida bolaga, uning oilasiga yoki tengqurlariga tegishli bo`lgan, bolaga yoqmaydigan savollarni bermasligi kerak. Suhbatda bola shaxsining xususiyatlari, o`zining jismoniy va psixik holatiga, ishchanligiga baho berishi aniqlanadi, tekshiruvchining ijtimoiy-madaniy darajasi, ma'lumoti, qiziqishlari, ehtiyojlari, o`zaro fikrlashuv qobiliyatlari aniqlanadi. Ba'zi hollarda suhbat psixoprofilaktik va psixoterapevtik maqsadlarda o`tkaziladi, bunda bola boshidan kechirayotgan qo`rqinch, xavotirlanish, o`ziga ishonmaslik kabi holatlar yo`qotiladi. Shunday qilib, tarbiyachi suhbat jarayonida tadqiqot oldiga qo`ygan vazifaga bog`liq ravishda bola hayoti haqida muhim ma'lumot olishi kerak. Eksperimental psixologik tadqiqot o`zining quyidagi shartli chizmasiga ega: Bolani eksperimental-psixologik o`rganish chizmasi Eksperimental vaziyatda bola beriladigan yo`l-yo`riq, ko`rsatmani tushunishi muhim rol o`ynaydi. Ko`rsatma tushunarli, bolaning yoshi va aqliy rivojlanish darajasiga mos bo`lishi kerak. Bola topshiriqni bajarishni boshlaganidan so`ng ko`rsatmani misollar bilan yoki qo`llab-quvvatlash bilan mustahkamlash zarur, bu esa sinaluvchida faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantiradi. Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimada qiynalayotganini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Ko`rsatmaga kiritilgan barcha qo`shimcha va o`zgartirishlar haqidagi barcha ma'lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo`yiladi. Eksperiment jarayonida olingan natijalarni puxta yozib borish keyingi sifatiy tahlilni yoritib beradi. A.Binening (1910) ta'kidlashicha, eksperimental-psixologik tadqiqotni o`tkazish uchun ruchka, ozgina qog`oz va ko`p chidam zarur. Tadqiqotchi u yoki bu olingan ma'lumotni iloji boricha tezroq qarorga yozib olishi kerak. Har bir tajriba qarori alohida qog`ozda bo`lishi lozim. Download 351.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling