6-mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko‘rinishlari
Psixodiagnostika−psixologik xizmat vazifalaridan biri sifatida
Download 351.23 Kb. Pdf ko'rish
|
6 Mavzu
5.Psixodiagnostika−psixologik xizmat vazifalaridan biri sifatida. Psixologik ishlar majmuasi o`quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o`qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o`rganishga yo`naltirilgan bo`lib, ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyasidagi nuqsonlarning sababini aniqlashga mo`ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda (individual tarzda) o`tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog quyidagi yaqqol vazifalarni bajaradi: -yosh davr taraqqiyotining muayyan mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o`quvchilar, maxsus maktab va bilim yurti tinglovchilarini, oliy o`quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o`tkazib, ularning kamolot darajalarini belgilash; o`qituvchilarning kasbiy yaroqliligi va layoqatini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his- tuyg`ulari, o`z-o`zini boshqarish imkoniyati, intellektual (aqliy) darajasi va pedagogik qobiliyatini tekshirish; -psixolog o`quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqish, mayl, ilk iqtidorligi kabilarni o`rganadi, ularga yakkahol (individual) munosabat va yondashishni yo`lga qo`yadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga muayyan yordam ko`rsatadi, trening (maxsus mashq) o`tkazish; -maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, kasb-hunar kolleji o`quvchilari, oliy o`quv yurti talabalarida uchraydigan o`quv malakalari va ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, aqliy taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sabablarini diagnostika qilish; -bolalarning voyaga yetgan odamlar va o`z tengqurlari (teshdoshlari) bilan muomalasi xususiyatini tekshirish, ularning etnoqiyofasi va etnomadaniyati xususiyatini hisobga olgan holda psixofiziologik metodikalarni muayyan sharoitga moslashtirish; -boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda ruhiy rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olib, tabaqalashgan, differentsial diagnostikani amalga oshirish; - nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlash; - deviant (qonunbuzarlik) aksil ijtimoiy hulq-atvor sabablari va ularning shakllarini belgilash; - giyohvandlik, taksikomanlik, alkogolizm, o`g`irlik, daydilikning ijtimoiy- psixologik ildizlarini tekshirish, ularning omillarini tahlil qilish; -rahbar kadrlar va o`qituvchilarning kasbga yaroqliligini ilmiy asosda tekshirish va aniq tavsiyanomalar ishlab chiqish; - oliy maktab xodimlari sinov (adaptatsiya) muddatini mutaxassis, o`qituvchi, aspirant va boshqalarni) o`rganish va amaliy ko`rsatmalar berish; - ish yuritish, saylov, saralash, tanlov, qabul bo`yicha ilmiy-psixologik prognoz qilish, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xavfdan ma'muriyatni ogoh etish. Attestatsiya, ijtimoiy talab va buyurtmalar yuzasidan ijtimoiy-psixologik axborotlar to`plash va ularni umumlashtirib, yaqqol tavsiyalar yaratish; - chet el muassasalari bilan aloqa qilish, kadrlarning malakasini oshirish, ularning intellektual potentsialini aniqlash, fan va texnikani rivojlantirish imkoniyati, oliy maktabning nufuzi to`g`risida, materiallar yig`ish, ularni psixologik jihatdan tahlil qilish va maslahatlar berish; - o`quv qo`llanmalarining sifati, kitobxonlik muammosi, xodimlar, talabalarning davlat mulkiga munosabati haqida ma'lumotlar to`plash va ularni umumlashtirish, ma'muriyatga va kasaba uyushmasiga axborot tayyorlash; - yotoqxonalarda o`quvchilar va talabalarning talabi, ehtiyoji, qiziqish, ijtimoiy qarashlari nuqtai nazari (pozitsiyasi), turmushga nisbatan munosabati to`g`risida ma'lumotlar to`plash va ularning faolligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; - maktab xodimlari, o`qituvchilar va talabalarning ekologik, iqtisodiy, siyosiy, etnopsixologax bilimlari saviyasini tekshirish va mustaqillikni mustahkamlash imkoniyatini o`rganish, vatanparvarlik his-tuyg`ularini shakllantirish maqsadida tadbirlar tizimini ishlab chiqish; - an'anaviy ta'lim va tarbiya metodlarining yutug`i hamda kamchiliklarini tadqiqot qilish, innovatsion, faol uslublar samaradorligini amaliyotda sinab ko`rish, o`quvchilarning ularga nisbatan munosabatini aniqlash va ana shularga asosan o`qitishni individuallashtirish, tabaqalashtirish bo`yicha o`quv-uslubiy ko`rsatmalar tavsiya qilish; - iqtidorli o`quvchilar, talabalar, yosh mutaxassislar, aspirantlarni tanlashda ishtirok etish, ilmiy-psixologik tavsiyalar ishlab chiqish; - o`quvchilar, o`qituvchilar, xodimlar, talabalar ijodiy faoliyati mahsuldorligi, to`garaklar faolligini ko`tarishning tadbirlarini ishlab chiqish, ularning imkoniyalarini tekshirish, kasb mahoratini egallash bo`yicha musobaqalar, munozaralar tashkil qilish va ularning mahsuli to`g`risida bashorat (prognoz) qilish; - o`quvchilar, o`qituvchilar, xodimlar, talabalar o`rtasida bo`sh vaqtni taqsimlash va undan omilkorlik bilan foydalanish muammosini ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tekshirish va bo`sh vaqtni maqsadga muvofiq tashkil qilish yo`llari hamda ulardan etnopsixologik bilimlar, ma'naviy qadriyatlarni egallashda foydalanish imkoniyatini psixologik jihatdan tahlil qilish; - maktab o`quvchilari, o`qituvchilari, xodimlari va talabalarida davlat mablag`ini tejash tuyg`usini aniqlash, tejamkorlik, mol-mulkni asrash hissini, noxush kechinmalarni jamoa orasida yoppasiga tekshirish, ularda mehnatni qadrlash burchini shakllantirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish, milliy g`urur, millatlararo munosabat madaniyatini tarkib toptirish majmuasini ishlab chiqish; - o`quvchilar, o`qituvchilar va maktab xodimlari, talabalarda ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan ilmiy-psixologik dastur yaratish hamda uning moddiy boylik ishlab chiqarishdagi ulushini tahlil qilish. Psixologik-pedagogik diagnostika bugungi kunda maktab, bog`cha va boshqa turli tipdagi o`quv bilim yurtlari psixologlari va pedagoglari oldida turgan muhim vazifalardan, ularning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllanmoqda va rivojlanmoqda. Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, biz psixologik- pedagogik diagnostikaning metodlariga batafsil to`xtalib o`tmaymiz, faqat ularning ba'zilari nomlarini ko`rsatib o`tish bilan cheklanamiz. Ularga quyidagilar kiradi: turli reja, dastur, maqsad va mezonlarga ega bo`lgan kuzatish metodlari guruhi; diagnostik suhbatlar; dianostik so`rovnomalar; diagnostik intervyu; barcha tipdagi anketalar; turli psixodiagnostik testlar; o`quv guruhining xususiyatlarini o`rganish metodlari; pedagogik testlar, shu jumladan, didaktik testlar; o`quv hujjatlarini tahlil qilish, shu jumladan, kontent-analiz metodi; turli xildagi jamoatchilik fikrini o`rganishga mo`ljallangan metodlar va h.k. Hayotiy va pedagogik tajribalar shuni ko`rsatadiki, diagnostik faoliyat bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan pedagog, ba'zi hollarda amaliyotchi-psixolog ishni o`zida mavjud metodikalardan kelib chiqib, shu metodika yordamida tadqiqot, tekshirish o`tkazish, ma'lumot yig`ishdan boshlaydi. Keyin esa olingan natijalarni hayotga moslashtirishga harakat qilib, o`z ishining amaliy ahamiyatini ko`rsatishga harakat qiladi. Bunda ish uslubining asosiy kamchiligi shundaki, ba'zida juda mukammal, o`ta ilmiy amaliy asoslangan metodikalar aniq pedagogik faoliyatning maqsad va vazifalariga mos kelmasligi, ulardan yiroqligi sababli kutilgan natija bermaydi. Shuning uchun ham har qanday diagnostik faoliyat nimani yoki kimni, qaysi maqsadlarga o`rganish, olingan natijalardan qanday foydalanishni anglashdan boshlanishi shart. Download 351.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling