Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari
Download 20.58 Kb.
|
Menejmentning ijtimoiy
Menejmentning ijtimoiy-psixologik usullari Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari — bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va psiхologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo‘llash, korxonada yuz berayotgan ijtimoiy hodisalarni chuqur o‘rganish xodimlar asabga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi bo‘lgan mehnat omillarini o‘rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatni turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya guruh va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxs ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o‘rganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish qobiliyatini o‘rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o‘qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining psixologik jihatlari) faoliyatini o‘rganadi. Kishilarning fikrlash usulida o‘zgarish yuz berishi va ularning madaniy hamda bilim darajasining ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar ahamiyati ham ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning ehtiyoj va manfaatlari ma’naviy soha tomon o‘zgarib boradi. O‘z mehnatidan qoniqishning muhim omili rahbar bilan o‘zaro yaxshi munosabati ishlab chiqarishdagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmatni yahshilashdir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan ijtimoiy mexanizmni (o‘zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo‘llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruhlar va shaxslar maqsadi manfaatlarini aniqlash va rostlash yo‘li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish hamda uyg‘unlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o‘zaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida ham qo‘llaniladi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo‘li bilan kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Psixologik usullarga kichik guruh va jamoalarni tashkil etish, mehnat, malakali kadrlar tanlash va ularni o‘qitish va hokazolar kiradi. Kichik guruh va jamoalarni tashkil etish usulini qo‘llash kichik guruhdagi ishchilar o‘rtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini aniqlash imkonini beradi. Mehnat faoliyatini yahshilash deganda ranglar, musiqaning ruhiy ta’siridan foydalanish, bir xil, o‘zgarmas mehnatni bartaraf etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi. Kasbiy tanlashning mohiyati — kishilarning ruhiy xususiyatlari va ularning bajaruvchilariga eng mos bo‘ladigan qilib tanlashdan iboratdir. Shaxsning ruhiy xususiyatlari jumlasiga uning qiziqish va mayllari, qobiliyati, temperament va xarakteri kiradi. Shu sababli, rahbar shaxsga rahbarlik qilganda o‘z oldiga inson ruhiy xususiyatlarining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganishi, uning qiziqish va qobiliyati, temperament va fe’lini bilish vazifasini qo‘yishi kerak. Shaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bo‘lmaydi, chunki kishi qobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulqida namoyon bo‘ladi. Inson hayoti va ommaviy faoliyati uning ruhiy holatini shakllantiradi. Insonning qanday hayot kechirishi, nima bilan shug‘ullanishi vujudga kelganligi, qobiliyat rivojlanganligi, fe’li shakllanganligini to‘g‘rida- to‘g‘ri anglab bo‘lmaydi. Inson avvalo o‘zini ijodiy shaxs sifatida baholaydi. Ishchi mehnatga bunday nuqtayi nazardan qarashga darrov kelmaydi: moddiy ehtiyojlar birlamchi bo‘lib, ular qoniqqandan so‘ng nisbatan yuksak insoniy ehtiyojlarni ilgari suriladi. Inson faoliyati ma’lum rag‘batlantiruvchi omillarga asoslangan bo‘lib, ma’lum maqsadga erishishga qaratilgandir. Rag‘batlantiruvchi omil — inson faoliyati o‘zagidir. Umumiy ma’noda Download 20.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling