6-mavzu: Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligi Reja


Amir Temur va temuriylar davrining chet el manbalarida o‘rganilishi


Download 37.52 Kb.
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi37.52 Kb.
#1258974
1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu

Amir Temur va temuriylar davrining chet el manbalarida o‘rganilishi. A.Temur va temuriylar tarixini o‘rganishda maxalliy tarixchilarning asarlari bilan bir qatorda chet elliklar asarlari ham muxim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, Amir Temur davlatida voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan mualliflar asarlari muhim ma’lumotlarga boydir.
Ana shunday asarlardan biri A.Temur davlatiga (1403) Ispaniyadan elchi bo‘lib kelgan Run Gonsalis Klavixonning «Kundalik» asaridir. Mazkur asar birinchi marta 1582 yilda Sevie shaxrida «Ulug‘ Tamerlan» nomi bilan, so‘ngra 1782 yili Madridda «Ulug‘ Tamerlan hayoti va faoliyati» nomi bilan nashr qilingan. Bu asar keyinchalik ham to‘liq yoki ayrim parchalar holida ingliz va boshqa tillarda bosilgan. 1943 yili Klavixo kundaligining yangi Madriddagi nashrini F. Lopez amalga oshirdi. Nashr asosiga u XV asr qo‘lyozmasini oldi, lekin u asar matnini chuqur adabiy-ilmiy tekshiruvdan o‘tkazdi va kundalikni A.Temur davlatidagi Klavixo elchixonasi haqidagi tarixiy ma’lumotlar bilan to‘ldirdi. «Kundalik» matnining rus tiliga birinchi tarjimasi akademik I.I. Sreznevskiy tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu matnni sharxlashda ko‘zga ko‘ringan sharqshunoslar V.V. Gregorev, P.I. Lerx, K.P. Patkanovlar qatnashgan. Tarjima 1881 yilda, Sreznevskiyning vafotidan so‘ng nashr qilindi. Eng yangi, aniq va mukammal tarjimani, yangilangan va to‘ldirilgan sharhi bilan I.S. Mirkov amalga oshirdi. Tarjima 1990 yilda Moskvada nashr qilindi.
Klavixo o‘z «sayoxatnomasi»da A.Temur tarjimai xoliga oid shuningdek, A.Temur davlatidagi xalqlarning turmushi, ma’daniyati, shaharlardagi binolar, savdo joylari, bozorlar va ulardagi mahsulotlar tarkibi, bayramlar,to‘ylar, umuman nimaiki ko‘rgan bo‘lsa hammasini yozgan. SHuningdek, u xalq ichida yurgan mish-mish, afsonalarni ma’lumot sifatida keltirgan.
To‘liqligi va qiziqarligi jihatidan suriyalik ibn Arabshoxning (1392-1450) asari ham muhim ahamiyatga egadir. U o‘zining «Ajoyib al-Maqdur fi tarixi Taymur» asarida Amir Temurning to‘liq tarixini yaratishga harakat qilgan. Ibn Arabshox o‘z ona shahrini Amir Temur tomonidan bosib olinishining guvohi bo‘lishi bilan birga, asir sifatida Samarqandga olib kelinadi. Bu esa ibn Arabshoxning A.Temurga nisbatan adovat ko‘zi bilan qarashiga olib kelgan. Bu narsa uning asaridan yaqqol ko‘rinib turadi. Ibn Arabshox A.Temur davrining so‘nggi yillarini guvohi bo‘lgan. U o‘z asarida A.Temurning qoralashga qanchalik harakat qilmasin, baribir uning shaxsiga yuqori baxo beradi. Ibn Arabshox asarida boshqa hech qaysi manbalarda uchramaydigan ma’lumotlar mavjud. Jumladan, A.Temurning tug‘ilgan yili, joyi uning asarida aniq ko‘rsatilib berilgan. Ibn Arabshox asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, 1991-1992 yillarda 2 jildda nashr etildi. A.Temur davrini yoritishda yuqoridagi manbalardan boshqa yana ko‘plab asarlar mavjud. Lekin ularning aksariyati yuqoridagi ma’lumotlarni qaytargan yoki izox bildirganlar, xolos.
Amir Temur davrini ilmiy o‘rganishda ingliz tarixchisi Eduard Gibbon (1737-1794), Fridrix SHlosser (1776-1861), «Umumiy tarix» asarining muallifi Georg Veber asarlaridan ham ayrim ma’lumotlarni olish mumkin.
1985 yili «Islom madaniyati bo‘yicha Kemberdj tadqiqotlari» seriyasidan Beatrisa Mankning «Amir Temurning yuksalishi va hokimligi» kitobi chop etildi. Bu asarda muallif XIV asr o‘rtalaridagi Chig‘atoy ulusi tarixining qisqacha ocherkini A.Temurning hokimiyatini egallash va uning bu erda olib borgan ichki davlat hamda harbiy siyosatini yoritadi. So‘ngra A.Temurning harbiy sarkarda, yirik qo‘shin tashkilotchisi sifatida faoliyati, uning yurishlari va qator mamlakatlar xalqlari bo‘ysundirilishi xaqida gap boradi.
A.Temur haqidagi eng yangi chet el nashrlaridan islomshunoslikka oid qator asarlar muallifi, sharqshunos Jan Po Runing «Amir Temurlang» nomli mufassal asarini ta’kidlash joiz. Qiziqarli va ma’lumotlarga boy bu asarda muallif A.Temurni haqli ravishda dunyoga nomi ketgan mashhur harbiy sarkardalar - Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar, Chingizxon, Napaleon Bonapart safiga qo‘shadi.
Rus tarixchilari M.N. Ivanin, T.N. Granovskiy, S.M. Solovyov asarlarida ham A.Temur davri tadqiq qilinadi. Rus tarixchilari orasida A.Temur tarixini o‘rganish bo‘yicha akademik V.V. Bortoldning olib borgan tadqiqotlari muximdir.
V.V. Bartoldning A.Temur haqida ko‘plab qimmatli fikrlari va o‘rinli kuzatishlari bilan bir qatorda, uning Sohibqiron istilolarining maqsadlari va sabablari haqida mushohadalarida g‘arazlik ham bor. Masalan, u «A.Temurning harbiy yurishlari uning shuhratparasligi bilan bog‘liq, shox xokimiyatiga bo‘lgan yuksak havas, istilochilik yurishlarini boshlashga olib keladi», - deganda juda ham haq emas. Bundan tashqari, Bartoldning asarlarida masalaning siyosiy-iqtisodiy tomoni sust yoritilgan. A.Yu. Yakubovskiy (1886-1953) ning tadqiqotchilik ishlari ham bevosita Bartold ishlariga o‘xshashdir. U ham A.Temurning bir tomonini yomonlab, boshqa tomonlarini maqtash ohangida yozgan. Yakubovskiyning qat’iy xulosasi quyidagicha edi: «A.Temur - chuqur (ziddiyatlarga) ega bo‘lgan arbobdir». O‘rta Osiyodagi faoliyatining ijobiy tomonlari ko‘p edi. Lekin «baribir u jahon tarixiga shafqatsiz istilochilardan biri sifatida abadul-abad kirdi».
Yana bir rus tadqiqotchisi I.P. Petrushevskiyning fikricha, A.Temur Chingizxondan ustun bo‘lib, A.Temurning yurishlarining asosida «ma’lum iqtisodiy reja» bor, ya’ni Evropa-Osiyo savdosidagi karvon yo‘llari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga intilish yotar edi, degan fikri ahamiyatga molik. Lekin uning «A.Temur bosib olgan mamlakatlar evaziga Movaraunnahr iqtisodiyotini rivojlantirmoqchi bo‘ldi»degan fikr ham bildirgan.
Akademik N.N. Konradning «A.Temurda Iskandar Zulqarnayn va Kushon podshosi Kanishkaning ruxi mujassam bo‘ldi» degan o‘ziga xos fikr mavjud edi.

Download 37.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling