6-mavzu: asosiy raqamli mantiqiy sxemalar. Dasturlanadigan mantiqiy qurilma


Multipleksor va Demultipleksorlar


Download 13.35 Kb.
bet2/3
Sana01.05.2023
Hajmi13.35 Kb.
#1419561
1   2   3
Bog'liq
Краткое введение в Биоинформатику-hozir.org

Multipleksor va Demultipleksorlar
Multipleksorlar bir necha manbadan berilayotgan ma’lumotlarni bitta chiqish kanaliga uzatishni boshqarish uchun mo’ljallangan.
Multipleksorda ikki turdagi kirishlar mavjud: ma’lumotlar va adres uchun (boshqaruvchi). U yoki bu Ai kirish liniyasini tanlash berilayotgan S0, S1, … adres kodi bilan belgilanadi. Boshqaruv kirishlari n – ta bo’lsa, Si boshqaruv signallarining M=2n ta kombinasiyasini amalga oshirish mumkin.
Demultipleksor bir kanaldan qabul qilingan ma’lumotlarni bir necha qabul qilgichlarga taqsimlash vazifasini, ya’ni multipleksiyalashga teskari bo’lgan amalni bajaradi. Qabul qilgich raqami uning adres kirishlariga berilgan kod kombinasiyasi bilan aniqlanadi.

  • Demultipleksor bitta ma’lumot kirishi,
    n – ta adres kirishi va M=2n chiqishga ega.


Shifrator va Deshifratorlar
O’nlik, sakkizlik yoki o’n oltitalik sanoq tizimidagi raqamlarni ikkilik yoki ikkilik-o’nlik kodga o’zgartiruvchi kombinasion mantiqiy qurilma – shifrator yoki koder deb ataladi.
Ikkilik sanoq tizimidagi raqamlarni o’nlik sanoq tizimidagi kodga o’zgartiruvchi kombinasion mantiqiy qurilma – deshifrator yoki dekoder deb ataladi.
Shifrator m ta kirish va n ta chiqishga ega bo’lib, kirishlardan biriga berilgan signalni chiqishda n – razryadli paral-lel kodga o’zgartiradi. Agar shifrator n ta chiqishga ega bo’lsa, u holda uning kirishlari soni 2ndan kam bo’lmasligi kerak. Agar m=2n munosabat bajarilsa shifrator to’liq, agar m<2n bo’lsa, u to’liq emas deb ataladi.
Dasturlanadigan mantiqiy qurilma.
Arifmetik va mantiqiy amallar bajariladigan qurilma arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) deb ataladi.
Sodda amallar ketma-ketligi ko’rinishida ifodalangan masalalarni avtomatik ravishda yechish uchun berilganlarni, oraliq va olingan hisoblash natijalarini saqlashga, hamda oddiy amallarni bajarish tartibi haqidagi ma’lumotlarni saqlashga imkon beruvchi qurilma talab etiladi. Bunday qurilma xotira deb ataladi.
Barcha turdagi AMQlar uchun ayiruv, mantiqiy ko’paytiruv, mantiqiy qo’shuv, istisnoli YoKI, inversiya, o’ngga siljish, chapga siljish, musbat orttirma (inkriment), manfiy orttirma (dekrement) arifmetik amallarini bajarish majburiy hisoblanadi. Majburiy amallar apparat vositalari yordamida amalga oshiriladi, ya’ni talab etilgan ishni bajarish uchun ma’lumotlar ma’lum mikrosxemalarda ishlov berilishi kerak. Majburiy amallar sodda amallar deb ataladi.

Download 13.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling