6-mavzu: asosiy raqamli mantiqiy sxemalar. Dasturlanadigan mantiqiy qurilma


Download 13.35 Kb.
bet1/3
Sana01.05.2023
Hajmi13.35 Kb.
#1419561
  1   2   3
Bog'liq
Краткое введение в Биоинформатику-hozir.org


Краткое введение в Биоинформатику

6-MAVZU: ASOSIY RAQAMLI MANTIQIY SXEMALAR. DASTURLANADIGAN MANTIQIY QURILMA


  • Asosiy raqamli-mantiqiy sxemalarning turlari
    2. Multipleksor va Demultipleksorlar
    3. Shifratorlar va Dishifratorlar
    4. Dasturlanadigan maniqiy qurilma.


REJA

Tayanch atamalar: Raqamli sxemalar, kombinator sxemalar, multipleksorlar, dekoderlar, komparatorlar, integral sxemalar, siljitish sxemalari, Multipleksor va Demultipleksorlar, Shifrator, Dishifrator, summator, hisoblagichlar, Trigerlar, JK-trigeri, RS-trigeri, Arifmetik-mantiqiy qurilma(AMQ), Markaziy protsessor, boshqarish qurilmasi, Registrlar, asosiy xotira.

Tayanch atamalar: Raqamli sxemalar, kombinator sxemalar, multipleksorlar, dekoderlar, komparatorlar, integral sxemalar, siljitish sxemalari, Multipleksor va Demultipleksorlar, Shifrator, Dishifrator, summator, hisoblagichlar, Trigerlar, JK-trigeri, RS-trigeri, Arifmetik-mantiqiy qurilma(AMQ), Markaziy protsessor, boshqarish qurilmasi, Registrlar, asosiy xotira.

Asosiy raqamli mantiqiy sxemalar.

Avvalgi bo‘limda ventillardan qanday qilib oddiy mantiqiy sxe- malarni qurish mumkinligini ko‘rib chiqdik. Hozirgi paytda amaliyotda mantiqiy sxemalarni qurishda alohida-alohida ventillarni birlashtirgan modullardan iborat standart «qurilish» bloklaridan foydalaniladi. Ushbu qismda biz ana shunday standart bloklarni, ularni alohida-alohida ventillar yordamida qanday hosil qilishni va qanday qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Bunday qurilish bloklarining, ya’ni asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning - kombinator va arifmetik sxemalar deb nomlanadigan xillari mavjud.


1. Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar:

  • multipleksorlar;

  • dekoderlar;

  • komparatorlar;

  • dasturlanadigan mantiqiy matritsalar.
    2. Arifmetik sxemalar:

  • siljitish sxemalari;

  • jamlagichlar;

  • arifmetik-mantiqiy qurilmalar.

Tarkibida bor bo‘lgan ventillar soni nuqtai nazaridan mikrosxemalarni, bir nechta sinflarga ajratish mumkin. Hozirda ham mikrosxemalarni shu tarzda sinflarga ajratib o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi va to‘g‘ri xisoblanadi. Negaki ular turli xil xususiyatlarga ega bo‘lib, turli xil maqsadlarda qo‘llanilishlari mumkin:



  • Kichik integral sxemalar - tarkibida 1 tadan 10 tagacha ventillar bo‘lgan mikrosxemalar.

  • O‘rta integral sxemalar - tarkibida 10 tadan 100 tagacha ventillar bo‘lgan mikrosxemalar.

  • Katta integral sxemalar - tarkibida 100 tadan 100 000 tagacha ventillar bo‘lgan mikrosxemalar.

  • O‘ta katta integral sxemalar - tarkibida 100 000 tadan ortiq ventillar bo‘lgan mikrosxemalar.



Download 13.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling