6-mavzu. Auditning mohiyati, zarurligi va ahamiyati


O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari


Download 15.99 Kb.
bet4/5
Sana14.04.2023
Hajmi15.99 Kb.
#1357107
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu. Auditning mohiyati, zarurligiva ahamiyati-fayllar.org

3.O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari



Davlat moliyaviy nazoratining ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi byudjeti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tekshirish orqali uning buzilishiga yo’l qo’ymaslik, buzilish holati sodir bo’lsa, aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi.

Huquqiy asoslari

1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 870-son O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to‘g‘risida Qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-iyuldagi O‘RQ-546 sonli O‘zbekiston Respublikasining Hisob Palatasi to‘g‘risida Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 78-II-sonli “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida Qonuni

Davlat moliyaviy nazorati quyidagicha guruhlashtiriladi:

Nazoratni amalga oshiruvchi organning bog’liqligiga qarab, ichki va tashqi davlat moliyaviy nazoratiga bo’linadi;


Byudjetning tegishli darajasiga bog’liq holda, davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra Respublika va mahalliy darajada amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati organlari tizimiga quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi;
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari;
Davlat boshqaruvi respublika va mahalliy organlarining ichki nazorat xizmati.

Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratning quyidagi tashkiliy tizimidan foydalaniladi:

1. Davlat moliyaviy nazoratining oliy organi schyotlar palatasi yoki davlat bosh auditorlik apparati bo’lib, u bevosita parlament yoki prezidentga bo’ysunadi. Uning asosiy vazifasi davlat byudjetining xarajatlar qismini umum nazorat qilishdir.


2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.
3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari byudjet tomonidan mablag’ bilan ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka bo’ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.
4. Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat balans ma’lumotlarining to’g’riligini, amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob va moliya masalalari bo’yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.

Download 15.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling