6-mavzu. Auditning mohiyati, zarurligiva ahamiyati


Auditning predmeti, obyekti va usullari tavsifi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1235980
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu.Auditning mohiyati, zarurligi va ahamiyati. (2)

2.Auditning predmeti, obyekti va usullari tavsifi
Аuditning maqsadi – bu mustaqil malakali 
mutaxassislar tomonidan korxonaning 
moliyaviy hisobotini yoki u bilan bogʼliq 
moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki 
axborotning qonun va boshqa normativ 
hujjatlarga muvofiqlik darajasi toʼgʼrisida 
xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etishdir.


Аudit fanining predmeti
• Аudit fanining predmeti xoʼjalik yurituvchi
subʼektlar va ularning faoliyatlari hisoblanadi.
Maʼlumki korxonalar oʼz ustavlariga asosan
faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida
moliyaviy,
mehnat
va
moddiy
resurslardan
foydalaniladi.
Korxonaning
resurslari
doimo
daromadga, foyda olishga qaratilgan boʼlishi
kerak.
Аuditning
predmetiga
moliyaviy
hisobotning toʼgʼriligi, hisob siyosatiga toʼliq amal
qilinishini
tekshirish
ham
kiradi.
Аuditning
predmeti
va
obʼekti
mijoz
bilan
tuzilgan
shartnomaga bevosita bogʼliq boʼladi.


Аuditning obʼektlari
Mulklarni davlat
tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish bilan
bogʼliq boʼlgan
operatsiyalar
Moliyaviy natijalarni
shakllantiruvchi
koʼrsatkichlar (xarajatlar, 
daromadlar, foyda va
zararlar)
Valyuta operatsiyalari
Tashqi iqtisodiy faoliyat, 
tashqi sarmoyalar, tovar
birjalari
Hisob-kitob operatsiyalari
(debitorlik, kreditorlik
qarzlari)
Qimmatli qogʼozlar
bilan bogʼliq jarayonlar


Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning 
quyidagi turlari keltirilgan:
solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja bilan solishtirish);
gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda o’rganiladi. 
Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi);
tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar asosida o’rganiladi, mavjud ichki 
imkoniyatlar aniqlanadi);
taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operatsiyalar tasdiqlovchi nazoratidan 
o’tkaziladi);
inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga 
monandligi tekshiriladi);
kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish 
korxonalarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi);
ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li 
bilan aniqlanadi);
buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( korxona aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda 
qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi);
balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish, dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish 
orqali nazorat qilish).



Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling