6-mavzu. Avtomobil yo‘llarini harakat xavfisizligini tashkil etishdagi me’yoriy talablari
Download 97.35 Kb.
|
6-MA\'RUZA AYSHMH
6-mavzu. Avtomobil yo‘llarini harakat xavfisizligini tashkil etishdagi me’yoriy talablari. Reja: Avtomobil yo‘llarning passiv harakat xavfsizligi muammosining milliy iqtisodiy ahamiyati. Avtomobil yo‘llarining harakat xavfisizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablar. Avtomobil yo‘llardan foydalanishida yo‘l harakati xavfsizlik qoidalari. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashda yo‘l harakat xavfsizligiga qo‘yiladigan asosiy talablar. “Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar” MShN 25-2005, Toshkent 2005 yil. Ushbu muassasaviy shaharsozlik normasi, O‘zbekiston avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoidaga (keyingi o‘rinlarda- qoida), mavjud yo‘llarni qayta ta’mirlash va qaytadan loyihalanadigan yo‘llarda harakat xavfsizligi tamoyillari kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlariga qo‘llaniladi; har xil yo‘l sharoitlaridagi transport oqimini va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlashni hisobga olgan holda harakat xavfsizligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan va keltirilgan. Harakat xavfsizligini ta’minlash va avtomobil yo‘llarining transport sifatlarini loyihada berilganidek, foydalanish davrida ham ta’minlash barcha yo‘l tashkilotlarining birinchi navbatdagi majburiyatidir.Yangi yo‘llarning loyiha yechimlari va mavjud yo‘llardagi harakat xavfsizligini oshirishga qaratilgan va ularni ta’mirlash hamda saqlashdagi joriy tadbirlar, faqat transport oqimlari va yakka avtomobilning harakat qonuniyatlari tahliliga, hamda avariyalik va yo‘l sharoitining yomonlashuvi sabablarini izlanishlari natijalariga asoslangan holdagina samarali bo‘ladi. Avtomobil yo‘llarining transport foydalanish sifatlari ulardagi harakat tezligi va tashish tannarxi, xavfsizligi va yo‘lda harakatlanish qo‘layligi, o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan belgilanadi. Ularni umumlashgan ko‘rsatgich bilan izohlab bo‘lmaydi. Shuning uchun, yo‘l bo‘lalarini baholashda quyidagilarni aniqlash kerak: butun yo‘l bo‘yicha va uning aloщida bo‘laklaridagi o‘rtacha harakatlanish tezligi; yo‘l transport hodisalari (YTH)ning xavflilik darajasi; yo‘lning щaydovchilar va yo‘lovchilar uchun qo‘layligi; yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobiliyati. Yo‘llarning transport - foydalanish sifatlarini oshirishga yo‘naltirilgan loyiha yechimlari va tadbirlar variantlarini baholashda ham shu ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Yo‘lning ayrim elementlari o‘lchamlari va ularning o‘zaro joylashuvini harakat xavfsizligi va qo‘layligi talablariga mos kelishini baholash uchun EЩMda yoki yordamchi jadvallardan foydalanib tezlilik reja va bo‘ylama kesim o‘zgarishlari epyurasi hisoblab ko‘rib chiqiladi, bunda yo‘llarda harakatlanish qoidasida va yo‘l belgilarida ko‘zda tutilgan chegaralanishlar hisobga olinmaydi. Yakka avtomobil harakat tezligini hisoblashda hisobiy avtomobil tarzida: yengil avtomobil misolida Neksiya, yuk avtomobil misolida Zil-130 avtombillari qabul qilinadi. Sanoat yo‘llarida hisobiy avtomobilni tanlash harakat tarkibi yoki foydalaniladigan avtomobillar narxi tahliliga ko‘ra asoslangan bo‘lishi kerak. Yakka avtomobilning harakatlanish tezligini uning dinamik tavsiflariga ko‘ra quyidagi ko‘rsatmalarni e’tiborga olgan holda hisoblanadi: a) uzatmaning berilganlarga ko‘ra qo‘llanilishi; b) drossel zaslonkasining ochiqlik darajasini yo‘lning ko‘tarilish qiyaligi va avtomobil dvigateli tavsifiga bog‘liq ravishda aniqlanadi. avtomobillar qiyalikdan pastga tushgandagi harakatlanish tezligi, uning dinamik tavsifiga ko‘ra, ishlayotgan dvigatel bilan harakatlanishi va erishiladigan tortish kuchini hisobga olgan holda hisoblab topiladi. qiyalikdan tushishdagi ruxsat etilgan chegaraviy tezlik avtomobilning shu turdagi yo‘l qoplamasida boshqarila olinishi shartidan qabul qilinadi: - asfalt va sementbetonli qoplama larda 90 km/soat; - bitum bilan ishlangan chaqiqtoshli qoplama da 70 km/soat; - bitum bilan ishlanmagan chaqiqtosh qoplama da 60 km/soat; Download 97.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling