6-mavzu. Bankning aktivlari va majburiyatlarini shakllantirish
Download 34.14 Kb.
|
6-mavzu
Xisob-kitob cheklari naqd pul beriladigan cheklardan farq qilib qabul qilish – topshirish hujjatlariga binoan olingan tovarlar, transport xizmatlari hisob-kitob qilinadi.
5.Mijozlarga xizmat ko'rsatish va banklarining kassa operatsiyalari. Banklarning mijozlar uchun o`zaro to`lovlarda vositachilik qilishiga banklarning komission operatsiyalari deyiladi. Banklar komission operatsiyalarni ham olib boradilar, ya`ni mijozlarning hisobidan ularning turli topshiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o`tkazish bilan bog`liqdir. Bunda mijoz o`z bankiga hisobidagi ma`lum bir summani ko`rsatilgan adres bo`yicha o`tkazishni yuklatadi. Operatsiya nihoyasiga etganidan so`ng bank pul o`tkazganligi to`g`risidagi hujjatni beradi yoki yuboradi. O`tkazilgan operatsiya uchun bank vositachilik haqini oladi. Tijorat banklarning xalqaro operatsiyalari o`z ichiga xalqaro savdoda ishtirok etuvchilar o`rtasidagi munosabatlarni, ssuda kapitali bozorida investitsiya faoliyatini yurituvchi, turizm, xorijiy qimmatbaho qog`ozlarni sotib olish va sotish, valyutani ayiraboshlash chek, veksel, inkassatsiya uchun bank akseptlarini qabul qilish bilan shug`ullanuvchi mijozlar tomonidan talab qilinadigan xizmatlarni o`z ichiga oladi. Bankning moliyaviy xizmatlariga axborot-maslahat berish, kafolat berish, seyflarni ijaraga berish kiradi. Banklarning axborot-maslahat xizmatlari o`z mijozlar hamda boshqa mijozlar uchun muhim ahamiyatga ega. Mijozlar maslahat berishda bank o`z mijozining kelgusi rejalari hamda iqtisodiy qiyinchiliklarni bilib oladi hamda mijozning iqtisodiy, moliyaviy jihatdan rivojlanishiga yordam bergan holda o`zining ham iqtisodiy ahvoli yaxshilanadi, bank xatari darajasi pasayadi. Bu xizmatlarni bajarib bank qo`shimcha daromad topadi. . Tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari uchga bo`linadi: Axborot-maslahat xizmatlari Seyflarni ijaraga berish Kafolat berish Banklarning axborot-maslahat xizmatlari o`z mijozlar hamda boshqa mijozlar uchun muhim ahamiyatga ega. Bu xizmat biror korxona, iqtisodiyotning biror tarmog`i yoki iqtisodiyotning o`zi iqtisodiy tang, nostabil holatda juda muhim ahamiyatga ega. Mijozlar maslahat berishda bank o`z mijozining kelgusi rejalari hamda iqtisodiy qiyinchiliklarni bilib oladi hamda mijozning iqtisodiy, moliyaviy jihatdan rivojlanishiga yordam bergan holda o`zining ham iqtisodiy ahvoli yaxshilanadi, bank xatari darajasi pasayadi. Korxona iqtisodiy jihatdan o`z faoliyatini yaxshilab, moliyaviy yordamga muhtoj bo`lganda bankdan kredit olishni afzal ko`radi, chunki kreditga olingan mablag`ga korxona ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan xom-ashyo, texnika-texnologiya’ni sotib olishi mumkin. Korxona bankka murojaat qilganda bank unga kredit, uning qaysi maqsadda ishlatilsa samarasi yuqori bo`lishi yoki kreditni olish uchun kerakli hujjatlarni qay tariqa rasmiylashtirish haqida maslahat beradi. Bank xodimlari bu sohaning mutaxassisi bo`lgani uchun mijozlarga to`g`ri yo`l-yo`riq ko`rsatadilar va mijozlar ularga ishonib maslahat so`raydilar. Banklar o`z mijozi, mijoz sheriklariga moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun kafolat beradi. Bank qarzdorning avvalgi qarzlari, uning paydo bo`lishi, kelajakda daromadliligini o`rgangach, so`ng u o`z qarzini uza oladi deb kafolatlaydi. Bank o`zining ishonchli mijozi uchun kafolat berishi mumkin. Kafolat summasi bank kapitalining 25 %dan oshmasligi kerak. Mijozlar bilan yaqin muloqotda bo`lishning keng tarqalgan usuli jismoniy va yuridik shaxslarga pul, qimmatli qog`ozlar, hujjatlarni saqlash uchun seyf, maxsus xazina jihozlarini ijaraga beradi. Korxona xazina uchun jihozlar, seyflarni ijaraga olishi mumkin. Bu xizmatlarni bajarib bank qo`shimcha daromad topadi. Bankning asosiy operatsiyalarida asosiy o`rinni kredit operatsiyalari egallaydi. Tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta’minoti sifatida ko`chmas mulk, boshqa bank yo sug`urta tashkilotining sug`urta kafolati ham qabul qilish mumkin. Tijorat banklarining kredit potensialini jalb qilingan mablag`lar egallaydi. Jalb qilingan mablag`lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Bular depozitlar, shuningdek, kontokorrent va korrespodent schyotlardir. Ularning asosiysi yo`qlab olinadigan quyilmalarga, tezkor hamda jamg`arma quyilmalarga bo`linuvchi depozitlardir. Yo`qlab olinadigan quyilmalar, shuningdek, joriy schyotlar omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. Joriy schyotlar omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. Joriy schyotning egasi bankda chek daftarchasini oladi. Bunda u pul olish bilan birga iqtisodiy munosabatlar vakillari bo`lgan korxona, tashkilot, muassasalar hisob – kitob operatsiyalarini olib borishi mumkin. Muddatli omonatlar – mijoz tomonidan bankka ma`lum muddatga qo`yiladigan quyilmalar bo`lib, ular orqali mijozlarga bank tomonidan yuqori foizlar to`lanadi. Bunda foiz stavkalari quyilmaning muddati va miqdoriga bog`liq bo`ladi. Muddatli quyilmalarning turlaridan biri – mablag`larni jalb qilishnnig aniq qayd etilgan vaqtga mo`ljallangan depozit sertifikatlari hisoblanadi. Ularni muomalaga 1961 yil birinchi bo`lib «Ferst neshnl siti benk» kiritgan. Schyot egalariga, ularning nomlari yozilgan, to`lash muddati va foiz darajasi ko`rsatilgan maxsus guvohnomalar beriladi. Bank resurslari tarkibida aholining omonat quyilmalari muhim rol o`ynaydi. Ular o`lik summada yoki bo`lib-bo`lib qo`yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi va bank o`rtasidagi mablag` qo`yishi bilan bog`liq munosabatlar omonat daftarchasini berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to`lovchilik asosida turli xil maqsadli quyilmalarni, muddatli yoki talab qilish hamda olish mumkin bo`lgan jamg`armalar qabul qiladilar. Shuningdek, ba`zi mamlakatlarda «Yangi yil quyilmalari» deb nomlangan turi ham mavjud. Bunda bank yil davomida, yangi yilni nishonlash uchun, katta bo`lmagan quyilmalarni qabul qilib boradi va yil oxirida omonatchilarga pullarni qaytaradi, xohlovchilar pul jamgarishni keyingi yangi yilgacha davom ettirishlari mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu quyilmalar oddiy fuqarolar orasida keng qo`llaniladi. Bank uchun muddatli quyilmalar juda qulay hisoblanadi. Kreditlash jarayoni bosqichlari: Kredit berish uchun mijozning berilgan ariza talabnomasini ko`rib chiqish Qarz oluvchining to`lovga va kreditga layoqatliligini bank tomonidan o`rganib chiqilishi Kredit qo`mitasi qarori Kredit bitimini rasmiylashtirish Kredit berilishi Ssuda va u bo`yicha foiz to`lashni bank tomonidan nazorat qilinishi Kredit va uni to`lash jarayoni kredit shartnomasida ko`rsatilgan bo`lib, kredit va qarz oluvchi o`rtasidagi majburiyat va huquqlarni belgilab beradi. Unda kreditlashning maqsadi va ob’ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to`lash muddati, kredit ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar ko`rsatiladi. Ssuda to`lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi. Tijorat banki tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning kredit portfelini tashkil qiladi. Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o`rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba`zi hollarda qayta moliyalashtirish va o`z mablag`lari hisobidan beriladigan kreditlar, masalan, Milliybank va shunga o`xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi mumkin. Hozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar hukumatimizning chiqargan qarorlariga asosan, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o`z mablag`lari hisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga layoqatli bo`lganda milliy valyutada yoki xorijiy davlatlar valyutasida berilishi mumkin. Download 34.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling