6-mavzu. Bankning aktivlari va majburiyatlarini shakllantirish
Download 34.14 Kb.
|
6-mavzu
Oddiy va o`tkazma (tratta) veksellarini bir-biridan farqi. Oddiy veksel - bir tashkilotning (veksel beruvchining) boshqa bir tashkilotiga (dastlabki oluvchiga) yoki uning buyrug`i bilan so`zsiz ravishda belgilangan muddatda yoki talab qilingan vaqtda ma`lum pul mablag`ini to`lash majburiyatini o`zida aks ettirgan yozma hujjatdir. Bu veksel qarzdor tomonidan to`ldiriladi. Oddiy veksellar («Shaxsiy veksellar», «salo veksellar») tovar beruvchiga xaridor tomonidan bir nusxada beriladi. Oddiy veksel muomilasida faqat ikki shaxs ishtirok etadi: veksel beruvchi va veksel oluvchi. Veksel oluvchilar o`zlariga tegishli veksellarni sotuvchilardan olingan tovar evaziga ularga indossament (vekselga bo`lgan egalikning boshqa kishi ixtiyoriga o`tganligini tasdiqlovchi hujjat) orqali o`tkazishlari mumkin.
Bunda tovar uchun veksel o`tkazuvchi shaxs indossant deb yuritiladi. O`z tovari uchun veksel oluvchi shaxs esa indossat deyiladi. Agar vekselning orqasida uning egasi o`zgarganligi to`g`risidagi yozuvlar sig`may qolsa, yozuvlar davom ettiriladigan qo`shimcha qog`oz, ya`ni allonj ilova qilinadi. Veksel indossoment asosida bir necha marotaba qo`ldan qo`lga o`tishi mumkin, bunda veksel bo`yicha javobgarlik barcha veksel ishtirokchilari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. O`tkazma veksel - tovar oldi-sotdisida yozilgan veksel beruvchining tovar pulini vekselni qabul qilib oluvchiga (ya`ni tovar egasiga) uchinchi bir shaxs tomonidan to`lanishi lozimligini (veksel beruvchining buyrug`ini) ifodalovchi yozma hujjatdir. U qarz beruvchining qarzini qachon va kimga qaytarish haqidagi yozma buyruqdir. Veksel beruvchi faqat to`lab beruvchida (uchinchi shaxsda) mulki puli bo`lgan holatdagina o`tkazma vekselni yozib bera oladi. O`tkazma veksellar (tratta) muomilasida uchta tomon qatnashadi: Trassat (qarzdor), ya`ni veksel bo`yicha to`lovni amalga oshiruvchi shaxs; Trassant, ya`ni o`tkazma veksel egasi; Remitent, ya`ni o`tkazma vekselda nomi yozilgan dastlabki vekseldir. Remitent o`tkazma veksel bo`yicha pul mablag`larini olish yoki boshqa shaxsga o`tkazishi mumkin. Bu yerda veksel beruvchi biror-bir shaxsni veksel bo`yicha to`lovni amalga oshirishga majbur qiladi (trassirlashtiradi ), u esa to`lov bo`yicha kafolatchiga aylanadi. Oddiy va o`tkazma veksellarga nisbatan ishonchni oshirish uchun veksel beruvchiga yoki veksel bo`yicha to`lovchiga veksel kafolati - aval berilishi mumkin. Aval - bu vekselni o`ng betida yoki unga ilova qilingan varaqda imzo shaklida ifodalangan bank kafilligi. U uchinchi shaxs, odatda bank tomonidan beriladi. Bunda agar veksel beruvchi o`z qarz majburiyatini to`lay olmasa, u holda veskel summasi veksel kafolatchisi, ya`ni avaliet tomonidan to`lanadi. Vekselni amal qilish muddatini chuzish veksel prolongasiyasi deb aytiladi. U qonunga muvofiq yoki qarzdor va qarz beruvchining o`zaro kelishuviga ko`ra rasmiylashtiriladi. Veksel operatsiyalari veksellarni qayd yoki hisobga olish bo`yicha operatsiyalar va veksellar bo`yicha ssudalar berish operatsiyalariga bo`linadi. «Veksellarni qayd qilish» deganda bank tomonidan ularni to`lash muddati tugagunga qadar veksellarni sotib olish tushuniladi. O`z navbatida bank, agarda mablag`lar bilan ta’minlanganlikda qiyinchilik sezayotgan bo`lsa, Markaziy bankning hududiy boshqarmalarida berilgan veksellarni qayta hisobdan o`tkazishi mumkin. Vekselni hisobga olib, bank uning vaqtinchalik egasi bo`ladi va vekselni emitent qilgan yoki uni hisobga olish uchun taqdim qilgan shaxsga ma`lum miqdorda pul to`laydi. Bu operatsiya uchun bank mijozdan qayd etish foizi yoki diskont deb ataluvchi ma`lum foiz undiradi. Diskont - vekselda ko`rsatilgan summa bilan egasiga to`lanadigan summa o`rtasidagi farqdir. Ba`zi davlatlarda banklar o`zlarida alohida mijozlarning kreditlash qobiliyatini o`rganuvchi ayrim korxona va shaxslar veksel hisobi limitini o`rganuvchi hisob bo`yicha qo`mitalarni tashkil etadilar. Bankning asosiy aktiv operatsiyalaridan biri kredit berishdir. Kredit va uni to`lash jarayoni kredit shartnomasida ko`rsatilgan bo`lib, kredit va qarz oluvchi o`rtasidagi majburiyat va huquqlarni belgilab beradi. Unda kreditlashning maqsadi va ob’ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to`lash muddati, kredit ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar ko`rsatiladi. Ssuda to`lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi. Tijorat banki tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning kredit portfelini tashkil qiladi. Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o`rni va manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin. Tijorat banklari tasniflashni asosan milliy valyutada olib boradilar va ba`zi hollarda qayta moliyalashtirish va o`z mablag`lari hisobidan beriladigan kreditlar, masalan, Milliybank va shunga o`xshash banklarda qattiq valyutada ham ifodalanishi mumkin. Hozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar hukumatimizning chiqargan qarorlariga asosan, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o`z mablag`lari hisobidan beriladigan kreditlar mijoz kreditga layoqatli bo`lganda milliy valyutada yoki xorijiy davlatlar valyutasida berilishi mumkin. Tijorat banklari faoliyatida turli xil risklar uchrab turadi. Lekin ularning faoliyatiga ko`proq kredit riski, likvidlik riski va foiz stavkasi ta`sir qiladi. Tijorat banklar faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga yo`naltirilgan bo`lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog`i ham yuqori bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi banki tomonidan 1998 yil 9 noyabrda tasdiqlangan 242- sonli «Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bo`lgan yo`qotishlar bo`yicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil qilish va undan foydalanish qoidasi»ga asosan tijorat banklari ish yuritadilar. Download 34.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling