Korxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha xo‘jalik shartnomasi №


Download 23.73 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi23.73 Kb.
#1161310
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Shartnoma


Korxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha

xo‘jalik shartnomasi №_____



Farg‘ona shahri ____ YANVAR 2023 yil
Keyingi o‘rinlarda «Buyurtmachi» deb yuritiladigan “_______________________” MChJ nomidan Nizom asosida ish ko‘rsatuvchi rahbari _____________________ bir tomondan, keyingi o‘rinlarda «Tadqiqotchi» deb yuritiladigan Farg‘ona politexnika instituti nomidan Nizom asosida ish ko‘ruvchi rektori O‘.R.Salomov ikkinchi tomondan O‘zbekiston Respublikasi FKsining 686-692 moddalari, «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasini VMning sohaga oid qarorlariga asosan quyida keltirilgan tadqiqot mavzusiga asosan, korxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha mazkur shartnomani tuzdilar.


1.Shartnoma mavzusi:

Boshqaruv uslubini yaratish va tashkillash mexanizmlari”




2.Shartnoma bo‘yicha ishlar qiymati

2.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha Tadqiqotchi tomonidan bajariladigan ishlar qiymati barcha soliqlar, yig‘imlar va ajratmalarni o‘z ichiga olgan holda joriy narxlarda 500.000 (besh yuz ming) so‘mni tashkil etadi.


2.2. Ishlarni bajarish 2023 yil 4-yanvardan boshlandi va bajarilgan ishlar 2023 yil 28-fevralga buyurtmachiga to‘liq toprshiriladi.
2.3. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno:
- yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab bo‘lganda;
- ishlar hajmi buyurtmachi tomonidan o‘zgartirilganda;
2.4.Tegishli asoslar mavjud bo‘lganda, o‘zgarishlar Buyurtmachi bilan Tadqiqotchi o‘rtasidagi shartnomaga qo‘shimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.


3. Tadqiqotchining majburiyatlari

3.1. Mazkur shartnoma imzolangan kundan ishlarni boshlaydi va barcha ishlarni to‘liq hajmda va muddatlarda o‘zining kuchi va/yoki jalb qilingan kuchlar bilan tasdiqlangan boshqaruv me’yorlar va standartlarga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining belgilagan qoida va qo‘llanmalari va mazkur shartnomaning hujjatlariga asoslanib bajaradi hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshiradi. Korxona ta’sischi va direktori bilan bajariladigan ishlar bosqichlarini kelishadi, bajarilayotgan ishlar haqida ta’sischiga axborot taqdim qiladi.


3.2. Buyurtmachining ruxsatisiz bajarilgan ishlarni uchinchi shaxsga bermaydi.



Download 23.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling